https://oz.sputniknews.uz/20260205/kamera-yol-qoidabuzarliklar-royxat-55486541.html
Kameralar qayd etadigan yo‘l qoidabuzarliklari ro‘yxati aniqlandi
Kameralar qayd etadigan yo‘l qoidabuzarliklari ro‘yxati aniqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun bilan kameralar orqali qayd etiladigan yo‘l qoidabuzarliklari ro‘yxati va jazo qo‘llash muddatlari aniq belgilandi. Ayrim holatlarda qaror ustidan shikoyat bo‘lsa, muddat 1-yilgacha uzayishi mumkin.
2026-02-05T12:47+0500
2026-02-05T12:47+0500
2026-02-05T12:51+0500
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
qoidabuzarlik
o‘zbekiston
jamiyat
haydovchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/73/3257365_0:0:2944:1655_1920x0_80_0_0_52ec24f7c8186461dd6cf8780427ccbf.jpg
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi. Bu normalarni nazarda tutuvchi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.Unga ko‘ra, kameralar orqali quyidagi huquqbuzarliklar qayd etiladi:Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilab berildi.Agar yo‘l qoidabuzarligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan bo‘lsa, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1 oy ichida qo‘llanishi shart.Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berilgan hollarda esa jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1-yil ichida qo‘llanishi mumkin.
https://oz.sputniknews.uz/20260205/mamuriy-ogohlantirish-yol-qoidabuzarliklar-55486051.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/325/73/3257365_0:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_79b30e3a3609618ff82d11f1a5c325fa.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, foto video kamera, yo‘l qoidabuzarlik, ma’muriy javobgarlik, xavfsizlik kamari, telefon, tezlik, to‘xtash qoidasi, jazo muddati, shikoyat
o‘zbekiston, foto video kamera, yo‘l qoidabuzarlik, ma’muriy javobgarlik, xavfsizlik kamari, telefon, tezlik, to‘xtash qoidasi, jazo muddati, shikoyat
Kameralar qayd etadigan yo‘l qoidabuzarliklari ro‘yxati aniqlandi
12:47 05.02.2026 (yangilandi: 12:51 05.02.2026) Kameralar orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi va ular uchun ma’muriy jazo qo‘llashning aniq muddatlari qonun bilan belgilab qo‘yildi.
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy ro‘yxati belgilandi. Bu normalarni nazarda tutuvchi qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar
kiritildi.
Unga ko‘ra, kameralar orqali quyidagi huquqbuzarliklar qayd etiladi:
xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik;
transportni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish;
belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda oshirish;
to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzish va boshqalar.
Shuningdek, mazkur huquqbuzarliklar uchun ma’muriy jazo qo‘llash muddatlari ham aniq belgilab berildi.
Agar yo‘l qoidabuzarligi foto va video qayd etish texnika vositalari orqali aniqlangan bo‘lsa, ma’muriy jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1 oy ichida qo‘llanishi shart.
Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi qaror ustidan shikoyat berilgan hollarda esa jazo huquqbuzarlik sodir etilgan kundan boshlab 1-yil ichida qo‘llanishi mumkin.