Qariyb 8 mlrd so‘m dorixonalardan iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Kontrolno-kassovaya mashina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.02.2026
Obuna bo‘lish
Tekshiruvlar davomida dorixonalar tomonidan dori vositalariga belgilangan ustamalar oshirilgani aniqlanib, qariyib 8 milliard so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisoblandi
TOShKENT, 5 fev — Sputnik. 2025 yilda dorixonalar tomonidan 7,95 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olingani aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisoblandi. Kim aniq zarar ko‘rgani nomma-nom aniqlanmagan bo‘lsa-da, xaridorlar manfaatlarini tiklash choralari ko‘rildi.
Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari Soliq organlari axborot tizimi orqali aniqlanib, bu haqdagi ma’lumotlar qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga avtomatik tarzda yuborilishi yo‘lga qo‘yilgan.
2025 yil davomida “Fair Tech” tizimi orqali kelib tushgan xabarlar asosida 765 ta dorixonada (119 ta ulgurji, 646 ta chakana) jami 267 456 ta qoidabuzarlik holati aniqlangan. Litsenziya talablarini buzish holatlari yuzasidan materiallar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etilgan.
Hududlar kesimida aniqlangan asossiz olingan mablag‘lar:
Surxondaryo viloyati — 53 ta dorixona, 9 445 holat, 1 mlrd 570,2 mln so‘m
Toshkent shahri — 173 ta dorixona, 131 219 holat, 1 mlrd 404,7 mln so‘m
Samarqand viloyati — 57 ta dorixona, 5 167 holat, 1 mlrd 231 mln so‘m
Buxoro viloyati — 53 ta dorixona, 38 355 holat, 929,4 mln so‘m
Toshkent viloyati — 63 ta dorixona, 21 983 holat, 735,1 mln so‘m
Namangan viloyati — 56 ta dorixona, 36 310 holat, 575,2 mln so‘m
Navoiy viloyati — 79 ta dorixona, 20 645 holat, 329 mln so‘m
Farg‘ona viloyati — 35 ta dorixona, 22 760 holat, 310,1 mln so‘m
Sirdaryo viloyati — 33 ta dorixona, 2 782 holat, 208,6 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 50 ta dorixona, 2 783 holat, 203,6 mln so‘m
Xorazm viloyati — 25 ta dorixona, 3 867 holat, 199,3 mln so‘m
Qoraqalpog‘iston — 26 ta dorixona, 5 311 holat, 130,3 mln so‘m
Andijon viloyati — 26 ta dorixona, 3 200 holat, 95,5 mln so‘m
Jizzax viloyati — 23 ta dorixona, 1 042 holat, 56,4 mln so‘m
Devushka na priyeme u vracha v kabinete - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2025
"Elektron retsept" tizimini joriy etish tartibi belgilandi
Yangiliklar lentasi
0