https://oz.sputniknews.uz/20260204/ijtimoiy-reestr-oilalar-toifa-ajratilish-55470298.html
Ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi, nafaqa tartibi o‘zgardi
Ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi, nafaqa tartibi o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Ijtimoiy reyestr joriy etildi. Oilalar uch toifaga ajratilib, bolalar nafaqasi yangi tartibda to‘lanadi.
2026-02-04T18:04+0500
2026-02-04T18:04+0500
2026-02-04T18:04+0500
ijtimoiy himoya milliy agentligi
o‘zbekiston
jamiyat
oila
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_88573769746158ecc5db178eca03f0c6.jpg
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Mirsaatov Jasur 1-fevraldan joriy etilgan Ijtimoiy reyestr oilalarni qanday toifalarga ajratishi va bolalar nafaqasi tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Mirsaatovning tushuntirishicha, oilalar uch toifaga ajratiladi:Davlat ta’minotidagi oilalar — oila a’zolari orasida mehnatga layoqatsiz shaxslar bor va o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam.Kambag‘al oilalar — oila a’zolari mehnat qilish imkoniyatiga ega, ammo o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan bir baravarga kam.Kambag‘allik chegarasidagi oilalar — o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha.Bolalar nafaqasi qanday to‘lanadi?Kambag‘al oilalarga nafaqa 6 oy davomida to‘lanadi. Shundan so‘ng oila a’zolaridan rasmiy bandlik talab etiladi.Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga esa nafaqa 6 oy davomida oilaning daromadiga qarab 50 foizdan 75 foizgacha miqdorda to‘lab beriladi.Ma’lumot uchun, hozirgi kunda minimal iste’mol xarajatlari — 669 ming so‘mni tashkil qiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260204/ijtimoiy-reestr-oilalar-muammo-hal-55462749.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/04/21226075_0:93:1654:1333_1920x0_80_0_0_c56a01a37d12febffa30d82d1f03dd6c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ijtimoiy himoya milliy agentligi, ijtimoiy reyestr, bolalar nafaqasi, minimal iste’mol xarajatlari, kambag‘al oilalar, davlat ta’minoti
o‘zbekiston, ijtimoiy himoya milliy agentligi, ijtimoiy reyestr, bolalar nafaqasi, minimal iste’mol xarajatlari, kambag‘al oilalar, davlat ta’minoti
Ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi, nafaqa tartibi o‘zgardi
Yangi tartibga ko‘ra, reyestrdagi oilalar toifalarga ajratilib, bolalar nafaqasi ularning ijtimoiy holatiga qarab to‘lanadi.
TOShKENT, 4 fev — Sputnik. Ijtimoiy himoya milliy agentligi bosh mutaxassisi Mirsaatov Jasur 1-fevraldan joriy etilgan Ijtimoiy reyestr oilalarni qanday toifalarga ajratishi va bolalar nafaqasi tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar yuzasidan ma’lumot berdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mirsaatovning tushuntirishicha, oilalar uch toifaga ajratiladi:
Davlat ta’minotidagi oilalar — oila a’zolari orasida mehnatga layoqatsiz shaxslar bor va o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan kam.
Kambag‘al oilalar — oila a’zolari mehnat qilish imkoniyatiga ega, ammo o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlaridan bir baravarga kam.
Kambag‘allik chegarasidagi oilalar — o‘rtacha oylik daromad minimal iste’mol xarajatlarining bir baravaridan bir yarim baravarigacha.
Bolalar nafaqasi qanday to‘lanadi?
Yangi tartibga ko‘ra, davlat ta’minotidagi oilalarga bolalar nafaqasi oila reyestrdan chiqquniga qadar uzluksiz to‘lab boriladi. Ilgari bu muddat 12 oy bilan cheklangan edi.
Kambag‘al oilalarga nafaqa 6 oy davomida to‘lanadi. Shundan so‘ng oila a’zolaridan rasmiy bandlik talab etiladi.
Kambag‘allik chegarasidagi oilalarga esa nafaqa 6 oy davomida oilaning daromadiga qarab 50 foizdan 75 foizgacha miqdorda to‘lab beriladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda minimal iste’mol xarajatlari — 669 ming so‘mni tashkil qiladi.