https://oz.sputniknews.uz/20260203/uae-supermarketlar-uzbek-mahsulot-etkazilish-55439504.html
BAAdagi "Lulu" supermarketlariga o‘zbek mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi
BAAdagi "Lulu" supermarketlariga o‘zbek mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Gulfood 2026 ko‘rgazmasida o‘zbek eksportorlari Lulu va boshqa riteylerlar bilan kelishuvga erishdi. CEPA doirasida 500+ tovarga preferensiya muhokama qilinmoqda.
2026-02-03T09:27+0500
2026-02-03T09:27+0500
2026-02-03T10:06+0500
o‘zbekiston
savdo
eksport
investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
iqtisod
baa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22254521_0:159:3079:1890_1920x0_80_0_0_b445f00f40cc4b10370e1bdc862bab5d.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbek mahsulotlarini Birlashgan Arab Amirligining “Lulu” savdo tarmoqlariga joylashtirish hamda O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 26-30 yanvar kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Gulfood 2026" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.“Made in Uzbekistan” milliy stendida 60 tadan ortiq mahalliy korxona oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot, dukkakli ekinlar va quritilgan mevalar bo‘yicha eksport salohiyatini namoyish qildi. BAA, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining 20 tadan ortiq yetakchi riteyler va distribyutorlari, jumladan, "Lulu Group", "Sunberry Vegetables" va "Ali Bin Ali Holding" bilan muzokaralar o‘tkazildi.Shuningdek, BAA Tashqi savdo vazirligi bilan Keng qamrovli iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim — CEPA loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish va joriy yil davomida 500 tadan ortiq tovar pozitsiyasi bo‘yicha preferensial savdo shartlarini joriy etishga kelishib oldi.
https://oz.sputniknews.uz/20260115/prezident-elchilar-topshiriqlar-54837904.html
o‘zbekiston
baa
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/01/12/22254521_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_031bda044a5673d76d082ba999504d60.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, baa, dubay, gulfood 2026, lulu group, sunberry vegetables, ali bin ali holding, cepa, eksport, riteyl, meva-sabzavot, quritilgan mevalar, dukkakli ekinlar, made in uzbekistan
o‘zbekiston, baa, dubay, gulfood 2026, lulu group, sunberry vegetables, ali bin ali holding, cepa, eksport, riteyl, meva-sabzavot, quritilgan mevalar, dukkakli ekinlar, made in uzbekistan
BAAdagi "Lulu" supermarketlariga o‘zbek mahsulotlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkaziladi
09:27 03.02.2026 (yangilandi: 10:06 03.02.2026) Dubaydagi ko‘rgazmada o‘zbekistonlik eksport qiluvchi korxonalar yirik riteylerlar bilan muzokara o‘tkazdi, preferensiyalar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri logistika masalalari kelishildi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbek mahsulotlarini Birlashgan Arab Amirligining “Lulu” savdo tarmoqlariga joylashtirish hamda O‘zbekistondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2026-yil 26-30 yanvar kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan "Gulfood 2026" xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
“Made in Uzbekistan” milliy stendida 60 tadan ortiq mahalliy korxona oziq-ovqat mahsulotlari, meva-sabzavot, dukkakli ekinlar va quritilgan mevalar bo‘yicha eksport salohiyatini namoyish qildi. BAA, Saudiya Arabistoni va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining 20 tadan ortiq yetakchi riteyler va distribyutorlari, jumladan, "Lulu Group", "Sunberry Vegetables" va "Ali Bin Ali Holding" bilan muzokaralar o‘tkazildi.
BAA va Qatar hamkorlari bilan yangi bozorlarga chiqish mexanizmlari hamda eksportorlar to‘lovlarini bosqichma-bosqich shakllantirish masalalari kelishib olindi.
Shuningdek, BAA Tashqi savdo vazirligi bilan Keng qamrovli iqtisodiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim — CEPA loyihasi yuzasidan muzokaralar olib borildi. Tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish va joriy yil davomida 500 tadan ortiq tovar pozitsiyasi bo‘yicha preferensial savdo shartlarini joriy etishga kelishib oldi.