https://oz.sputniknews.uz/20260203/oila-kambagal-toifa-ajratish-tartib-55440951.html
Oilalarni kambag‘al va davlat ta’minotidagi toifalarga ajratish tartibi belgilandi
Oilalarni kambag‘al va davlat ta’minotidagi toifalarga ajratish tartibi belgilandi
Sputnik O‘zbekiston
Hukumat oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish va toifalarga ajratish tartibini tasdiqladi. Ariza berish va daromadni hisoblash mexanizmi belgilandi.
2026-02-03T11:14+0500
2026-02-03T11:14+0500
2026-02-03T11:44+0500
o‘zbekiston
jamiyat
mahalla
oila
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34532749_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_c764149797b8980998599abbb7d97041.jpg
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va Reyestrdan chiqarish tartibini belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli nizom tasdiqlandi.Nizomga ko‘ra, oila Reyestrga kiritilishi uchun ariza davlat xizmatlari markazi, vakolatli organ yoki ijtimoiy xodim orqali beriladi. Shuningdek, “YaMIH” AT, YaIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil murojaat qilish mumkin. Ariza oyiga bir marta topshiriladi.Dastlab oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati dastlabki baholashdan o‘tkaziladi. Rad etish uchun asoslar aniqlanmasa, ariza ijtimoiy xodimga savolnoma to‘ldirish uchun yuboriladi. Tasdiqlangan savolnoma avtomatik tarzda “mahalla yettiligi”ga yo‘naltiriladi.“Mahalla yettiligi” xulosasi tasdiqlangandan so‘ng, “YaMIH” AT 3 ish kuni ichida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yakuniy baholaydi.Oilalar Reyestrga quyidagi toifalarda kiritiladi:Reyestrga kiritilgandan so‘ng, “davlat ta’minotidagi oila” har 12 oyda, “kambag‘al oila” esa har 6 oyda savolnomani qayta to‘ldiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251228/ijtimoiy-reestr-nafaqa-yordamlar-tartib-54506642.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/02/34532749_341:0:3072:2048_1920x0_80_0_0_3212c0cd01b223235e757ef278c09999.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, ijtimoiy reyestr, yamih, yaidxp, ijtimoiy karta, mahalla yettiligi, kambag‘al oila, davlat ta’minotidagi oila, daromad hisoblash
o‘zbekiston, ijtimoiy reyestr, yamih, yaidxp, ijtimoiy karta, mahalla yettiligi, kambag‘al oila, davlat ta’minotidagi oila, daromad hisoblash
Oilalarni kambag‘al va davlat ta’minotidagi toifalarga ajratish tartibi belgilandi
11:14 03.02.2026 (yangilandi: 11:44 03.02.2026) Endilikda oilalar daromadi tekshirilib, ular kambag‘al yoki davlat ta’minotidagi toifaga kiritiladi.
TOShKENT, 3 fev — Sputnik. O‘zbekistonda oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish, toifalarga ajratish va Reyestrdan chiqarish tartibini belgilandi. Hukumat qarori bilan tegishli
nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, oila Reyestrga kiritilishi uchun ariza davlat xizmatlari markazi, vakolatli organ yoki ijtimoiy xodim orqali beriladi. Shuningdek, “YaMIH” AT, YaIDXP yoki “Ijtimoiy karta” mobil ilovasi orqali mustaqil murojaat qilish mumkin. Ariza oyiga bir marta topshiriladi.
Dastlab oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holati dastlabki baholashdan o‘tkaziladi. Rad etish uchun asoslar aniqlanmasa, ariza ijtimoiy xodimga savolnoma to‘ldirish uchun yuboriladi. Tasdiqlangan savolnoma avtomatik tarzda “mahalla yettiligi”ga yo‘naltiriladi.
“Mahalla yettiligi” xulosasi tasdiqlangandan so‘ng, “YaMIH” AT 3 ish kuni ichida oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yakuniy baholaydi.
Oilaning har bir a’zosiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha oylik daromad so‘nggi 3 oydagi jami daromadni uchga, so‘ng oila a’zolari soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Oilalar Reyestrga quyidagi toifalarda kiritiladi:
davlat ta’minotidagi oila
kambag‘allik chegarasidagi oila
Reyestrga kiritilgandan so‘ng, “davlat ta’minotidagi oila” har 12 oyda, “kambag‘al oila” esa har 6 oyda savolnomani qayta to‘ldiradi.