Toshkentda uy yaqinidagi pulli to‘xtash joyidan foydalanish uchun ruxsatnoma onlayn beriladi

© Yuriy Korsunsev / «Gazeta.uz»Avtomobilnaya stoyanka
Avtomobilnaya stoyanka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.02.2026
Obuna bo‘lish
Endilikda Toshkent shahri aholisi uyi yaqinidagi pulli to‘xtash joylari uchun rezidentlik ruxsatnomasini YaIDXP orqali bepul olishi mumkin.
TOShKENT, 2 fev — Sputnik. Toshkent shahri aholisi endi uyi yaqinidagi pulli to‘xtash joylaridan foydalanish uchun rezidentlik ruxsatnomasini onlayn va mutlaqo bepul rasmiylashtirishi mumkin.
Xizmat my.gov.uz portali orqali ko‘rsatiladi va hech qanday to‘lov undirilmaydi.
Ruxsatnomani olish uchun my.gov.uz saytiga kirib, "Poytaxt parking rezidentlik ruxsatnomalarini olish" xizmatini tanlash, so‘ralgan ma’lumotlarni kiritish va ariza yuborish kifoya. Ariza ko‘rib chiqilib, tasdiqlangandan so‘ng ruxsatnomadan foydalanish mumkin.
Ruxsatnoma 1-yil amal qiladi. Bitta xonadon manzili uchun 2 tagacha ruxsatnoma beriladi.
Platnaya parkovka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
Parkovka pullik bo‘lgan ko‘chalar aholisiga imtiyozlar beriladi
Yangiliklar lentasi
0