O‘zbekiston – Iroq: qishloq xo‘jaligi hamkorligida muhim kelishuvlarga erishildi

© Ministerstvo selskogo xozaystvaUzbekistan i Irak dostigli soglasheniya po "Zelenomu koridoru" i torgovomu domu
Uzbekistan i Irak dostigli soglasheniya po Zelenomu koridoru i torgovomu domu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2026
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish, “Yashil yo‘lak” joriy etish, savdo uyi ochish va agrar mahsulotlar savdosini kengaytirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Iroq o‘rtasida logistika va bojxona jarayonlarini soddalashtirish maqsadida “Yashil yo‘lak” (Green Corridor) tizimini joriy etish hamda Iroq hududida O‘zbekiston savdo uyini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Kelishuvlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiyaning Iroqqa tashrifi doirasidagi muzokaralarda amalga oshirildi. Iroq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Mahdi Sahir al-Jabbari bilan uchrashuvda agrar sohada hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish, tadbirkorlar ro‘yxatini shakllantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham kelishib oldi.
O‘zbekiston tomonidan import qilinayotgan meva-sabzavot mahsulotlariga qo‘llanilayotgan 20–30 foizlik bojxona bojlarini 5 foizgacha kamaytirish taklifi bildirildi.
Kelishuvlar ijrosini ta’minlash uchun qo‘shma ishchi guruh tuzish va qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama memorandum ishlab chiqishga kelishildi.
Shuningdek, O‘zbekiston tomoni Iroqqa 2026–2028 yillarda qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni taqdim etdi.
Rukopojatie. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2025
O‘zbekiston va Erbil SSP o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Yangiliklar lentasi
0