https://oz.sputniknews.uz/20260201/samarkand-ishlab-chiqarish-55410977.html
Samarqandda go‘sht va tuxum ko‘p ishlab chiqariladi, baliq va asal yetishmaydi
Samarqandda go‘sht va tuxum ko‘p ishlab chiqariladi, baliq va asal yetishmaydi
Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatida go‘sht va tuxum ishlab chiqarish aholi ehtiyojidan ancha yuqori. Biroq baliq va asal mahsulotlari bo‘yicha hali ham yetishmovchilik saqlanib qolmoqda.
2026-02-01T10:37+0500
2026-02-01T10:37+0500
2026-02-01T10:37+0500
samarqand viloyati
qishloq xo‘jaligi
oziq-ovqat
chorva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/01/55410613_0:112:1280:832_1920x0_80_0_0_e40f42d9bd5407bb754aa76b4f36b442.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Samarqand viloyatida go‘sht va tuxum ishlab chiqarish hajmi aholi ehtiyojidan ancha yuqori. Bu haqda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Odilxon Baqoyev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatning go‘shtga bo‘lgan yillik ehtiyoji 187 ming tonnani tashkil etadi, ishlab chiqarish esa 225 ming tonnaga yetgan. Shu tariqa viloyat o‘zini go‘sht bilan 124 foiz ta’minlab, ortiqcha hajmni mamlakatning boshqa hududlariga sotmoqda.Shu bilan birga, boshqa ayrim mahsulotlar bo‘yicha taqchillik saqlanib qolmoqda. Masalan, aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan yillik ehtiyoji qariyb 31 ming tonnani tashkil etsa-da, ishlab chiqarish hajmi atigi 20 ming tonna yoki zarur ehtiyojning 65 foiziga teng.Odilxon Baqoyev ta’kidlaganidek, baliq tanqisligi qator obyektiv va subyektiv sabablar, jumladan, suv resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq. Asalarichilik sohasida ham yetishmovchilik kuzatilmoqda: viloyatning yiliga 6,5 ming tonna asalga ehtiyoji bor, amalda esa 3 ming tonnaga yaqin asal ishlab chiqarilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251201/uzbekistan-afghanistan-gosht-import-53853643.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/02/01/55410613_37:0:1174:853_1920x0_80_0_0_db9cb7d3dcb7c8a0ed14a9f0342702fe.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samarqand viloyati, go‘sht ishlab chiqarish, tuxum ishlab chiqarish, baliq tanqisligi, asal yetishmovchiligi, veterinariya, chorvachilik, odilxon baqoyev, oziq-ovqat ta’minoti
samarqand viloyati, go‘sht ishlab chiqarish, tuxum ishlab chiqarish, baliq tanqisligi, asal yetishmovchiligi, veterinariya, chorvachilik, odilxon baqoyev, oziq-ovqat ta’minoti
Samarqandda go‘sht va tuxum ko‘p ishlab chiqariladi, baliq va asal yetishmaydi
Viloyat ayrim oziq-ovqat turlari bo‘yicha nafaqat ichki talabni qoplamoqda, balki ortiqcha hajmni boshqa hududlarga ham yetkazib bermoqda.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Samarqand viloyatida go‘sht va tuxum ishlab chiqarish hajmi aholi ehtiyojidan ancha yuqori. Bu haqda viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Odilxon Baqoyev matbuot anjumanida ma’lum qildi, deya xabar berdi
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Uning so‘zlariga ko‘ra, viloyatning go‘shtga bo‘lgan yillik ehtiyoji 187 ming tonnani tashkil etadi, ishlab chiqarish esa 225 ming tonnaga yetgan. Shu tariqa viloyat o‘zini go‘sht bilan 124 foiz ta’minlab, ortiqcha hajmni mamlakatning boshqa hududlariga sotmoqda.
Xuddi shunday holat tuxum yetishtirish sohasida ham kuzatilmoqda. Yillik ehtiyoj 906 mln dona bo‘lgani holda, viloyatda qariyb 1,5 mlrd dona tuxum ishlab chiqarilmoqda. Bu ichki talabni 162 foizga qoplamoqda.
Shu bilan birga, boshqa ayrim mahsulotlar bo‘yicha taqchillik saqlanib qolmoqda. Masalan, aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan yillik ehtiyoji qariyb 31 ming tonnani tashkil etsa-da, ishlab chiqarish hajmi atigi 20 ming tonna yoki zarur ehtiyojning 65 foiziga teng.
Odilxon Baqoyev ta’kidlaganidek, baliq tanqisligi qator obyektiv va subyektiv sabablar, jumladan, suv resurslarining cheklanganligi bilan bog‘liq. Asalarichilik sohasida ham yetishmovchilik kuzatilmoqda: viloyatning yiliga 6,5 ming tonna asalga ehtiyoji bor, amalda esa 3 ming tonnaga yaqin asal ishlab chiqarilmoqda.