https://oz.sputniknews.uz/20260201/iran-vaziyat-bayonotlar-55417414.html
Mintaqaviy urush, Liviya ssenariysi, “terrorchi armiyalar”—Eron atrofidagi vaziyat va bayonotlar
Mintaqaviy urush, Liviya ssenariysi, “terrorchi armiyalar”—Eron atrofidagi vaziyat va bayonotlar
Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy rahbari AQShni urush oqibatlari haqida ogohlantirdi. YeIning KIRI bo‘yicha qarori ortidan Tehron Yevropa armiyalarini “terrorchi” deb e’lon qildi, Vashington esa ehtiyotkor pozitsiyani bildirmoqda.
2026-02-01T18:23+0500
2026-02-01T18:23+0500
2026-02-01T18:28+0500
dunyo yangiliklari
donald tramp
aqsh – eron mojarosi
yevropa ittifoqi
nato
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1315/16/13151686_233:0:2553:1305_1920x0_80_0_0_50a37786a329a05fec6c3f7956c6c1dc.jpg
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Yaqin Sharq atrofidagi keskin siyosiy bayonotlar fonida Eronning Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan munosabatlari yanada taranglashdi.Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning aytishicha, agar AQSh urush boshlasa, bu safar urush mintaqaviy miqyos kasb etadi.Bu bayonot Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronning 15 nafar mansabdori va oltita yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani ortidan yangradi. YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning ma’lum qilishicha, ittifoq Eron Qurolli kuchlari islomiy inqilob gvardiyasini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan.Bunga javoban Eron parlamenti YeIga a’zo davlatlar qurolli kuchlarini terrorchi tashkilotlar deb tan oldi.Shuningdek, parlament prezidiumi a’zosi Alirizo Salimiy Yevropa davlatlarining harbiy attashelari Eron hududini tez orada tark etishi kerakligini bildirdi.Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi YeI strategik xatoga yo‘l qo‘yayotganini aytgan bo‘lsa, islom respublikasi Qurolli kuchlari bosh shtabi bu qaror uchun javobgarlik Yevropa siyosatchilari zimmasiga tushishini ta’kidladi.Shu fonda AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Vashington Eron bilan munosabatlarda "Liviya ssenariysi"ni takrorlashni istamasligini bildirdi.Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "ulkan armada" Eron tomon yo‘l olayotganini aytib, Tehron muzokaralar stoliga o‘tirishiga umid bildirgan edi. U, shuningdek, 2025-yil iyun oyida AQShning "Midnight Hammer" operatsiyasi doirasida Eron yadroviy obyektlariga zarba berilganini eslatib, "keyingi hujum bundan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin"ligini ta’kidlagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260131/tramp-eronga-qarshi-tezkor-operatsiya-otkazmoqchi-55398138.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1315/16/13151686_180:0:2488:1731_1920x0_80_0_0_6afe5f0d64dc1fc0d9ce223fecfed48a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
eron, ali xomanaiy, yevropa ittifoqi, kaya kallas, alirizo salimiy, abbos arakchi, mettyu uitaker, donald tramp, fox news, yaqin sharq, ksir, iipk
eron, ali xomanaiy, yevropa ittifoqi, kaya kallas, alirizo salimiy, abbos arakchi, mettyu uitaker, donald tramp, fox news, yaqin sharq, ksir, iipk
Mintaqaviy urush, Liviya ssenariysi, “terrorchi armiyalar”—Eron atrofidagi vaziyat va bayonotlar
18:23 01.02.2026 (yangilandi: 18:28 01.02.2026) Eron oliy rahbari urush mintaqaviy tus olishi mumkinligini aytdi, YeI Islom inqilobi posbonlari korpusini terrorchi deb tan oldi, Tehron javob qaytardi, AQSh esa ehtiyotkor pozitsiya bildirdi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Yaqin Sharq atrofidagi keskin siyosiy bayonotlar fonida Eronning Yevropa Ittifoqi va AQSh bilan munosabatlari
yanada taranglashdi.
Eron oliy rahbari Ali Xomanaiyning aytishicha, agar AQSh urush boshlasa, bu safar urush mintaqaviy miqyos kasb etadi.
"AQSh shuni bilishi kerakki, agar ular urush boshlasa, bu safar urush mintaqaviy miqyosga ega bo‘ladi", — dedi Xomanaiy.
Bu bayonot Yevropa Ittifoqi tomonidan Eronning 15 nafar mansabdori va oltita yuridik shaxsiga nisbatan sanksiyalar joriy etilgani ortidan yangradi. YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallasning ma’lum qilishicha, ittifoq Eron Qurolli kuchlari islomiy inqilob gvardiyasini terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan.
Bunga javoban Eron parlamenti YeIga a’zo davlatlar qurolli kuchlarini terrorchi tashkilotlar deb tan oldi.
Shuningdek, parlament prezidiumi a’zosi Alirizo Salimiy Yevropa davlatlarining harbiy attashelari Eron hududini tez orada tark etishi kerakligini bildirdi.
"Elchixonalarimizda joylashgan Yevropa davlatlarining harbiy attashelari mamlakat hududini tark etishi kerak. Terrorchilarni mamlakatda qoldirish amaldagi qonunga zid", — dedi Salimiy.
Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arakchi YeI strategik xatoga yo‘l qo‘yayotganini aytgan bo‘lsa, islom respublikasi Qurolli kuchlari bosh shtabi bu qaror uchun javobgarlik Yevropa siyosatchilari zimmasiga tushishini ta’kidladi.
Shu fonda AQShning NATOdagi doimiy vakili Mettyu Uitaker Vashington Eron bilan munosabatlarda "Liviya ssenariysi"ni takrorlashni istamasligini bildirdi.
"Biz Eron kabi davlatni Liviyada Obama ma’muriyati davrida Muammar Qazzofiy ag‘darilganidagidek beqarorlashtirishni istamaymiz. O‘shanda hokimiyat almashgandan keyingi davr uchun aniq reja yo‘q edi. Shuning uchun kuch ishlatishda ehtiyotkor bo‘lishimizga to‘g‘ri keladi. Ammo, yana bir bor aytaman, to‘p ular tomonida va prezident Donald Tramp ularga nisbatan sabrli bo‘lmaydi", — dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp "ulkan armada" Eron tomon yo‘l olayotganini aytib, Tehron muzokaralar stoliga o‘tirishiga umid bildirgan edi. U, shuningdek, 2025-yil iyun oyida AQShning "Midnight Hammer" operatsiyasi doirasida Eron yadroviy obyektlariga zarba berilganini eslatib, "keyingi hujum bundan ham og‘irroq bo‘lishi mumkin"ligini ta’kidlagan.