Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

Elektron savdo, bojxona tarif, transport yo‘laklar —YeIK kengashida nimalar muhokama qilindi

© Press slujba Pravitelstva RFSostoyalos zasedanie Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii
Sostoyalos zasedanie Soveta Yevraziyskoy ekonomicheskoy komissii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.02.2026
Obuna bo‘lish
YeIK kengash yig‘ilishida bojxona tariflari, fitosanitar nazorat, elektron savdoda QQS, transport yo‘laklari va agrosanoat kooperatsiyasi muhokama qilindi
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. 30 yanvar kuni Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Hay’ati raisi hamda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya hukumatlari rahbar o‘rinbosarlari ishtirokida YeIK kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
YeIK kengashi Yevroosiyo transport yo‘laklarini rivojlantirish monitoringi natijalari va sanoat kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmining dastlabki natijalarini ko‘rib chiqdi.
Yig‘ilishda bojxona tarifini tartibga solish bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi. Xususan, charm-poyabzal sanoati uchun mo‘ljallangan ayrim tovarlar, danakli ekinlar turlari, qoramol go‘shti, shakarqamish xomashosi, kakao pastasi va kakao moyiga tarif imtiyozlari joriy etildi.
Shuningdek, bojxona qonunchiligini buzganlik uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikka oid shartnomaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma loyihasi ma’qullandi.
YeOII bojxona hududida fitosanitar nazorat tartibiga o‘zgartish kiritildi. Endi mahsulot oluvchilar haqida bila turib noto‘g‘ri ma’lumot berib kelayotgan ariza beruvchilarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi. Bunday rad etish 60 kun amal qiladi va bu ishonchsiz qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib beruvchilarini bozordan chiqarishga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, YeOII doirasida elektron savdoda tovarlarni boshqa a’zo davlat hududidagi omborlarga yetkazib berishda QQS va ma’muriy tartiblar masalalari muhokama qilindi.
YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan agrosanoat majmuasida qo‘shma kooperatsiya loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha shartnomaga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi bayonnoma ham ma’qullandi.
Maishiy texnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.01.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeOIIda tovarlarni kuzatish mexanizmi qo‘llanadigan maishiy texnika ma’lum bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0