Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya qo‘shinlari ikkita qishloqni ozod qildi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya qurolli kuchlari DXRdagi Toreskoe va Zaporojye viloyatidagi Petrovkani egallab oldi.
TOShKENT, 31 yanv— Sputnik. Rossiya qo‘shinlari maxsus operatsiya hududida ikkita qishloqni nazoratga oldi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Markaz” kuchlar guruhi bo‘linmalari faol operatsiyalar natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Toreskoe qishlog‘ini ozod qildi. “Sharq” guruhi jangchilari Zaporojye viloyatidagi Petrovkani ozod qilishdi", - deyiladi xabarda.
"Sharq" kuchlari guruhi dushmanning o‘ntagacha texnikasi va shaxsiy tarkibini yo‘q qilib besh kvadrat kilometrgacha bo‘lgan maydonini nazoratga olishdi. Qo‘shinlar shuningdek, qishloqqa yo‘l olgan Ukraina zaxiralarini yo‘q qilishdi.
"Sharq" guruhning mas’uliyat zonasida 375 kishigacha, "Markaz" guruhi bilan janglarda esa 420 dan ortiq shaxsiy tarkibini yo‘qotdi.

So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli Kuchlari yo‘qotishlari 1200dan ortiq askar, 19ta tank va jangovar zirhli texnika, 20ta dala artilleriya qurollari va 81ta harbiy avtomobillarni tashkil qildi.

Havo hujumidan mudofaa tizimlari to‘rtta boshqariladigan bomba, HIMARS MLRS snaradi va 47 ta dronni urib tushirdi.
Yangiliklar lentasi
0