"Estampning qaytishi" — ustoz va shogirdlar muloqoti
15:25 31.01.2026 (yangilandi: 15:29 31.01.2026)

© Sputnik / Baxrom Xatamov
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Estamp - bu rassom tomonidan yoki uning nazorati ostida olingan bosma tasviriy san’at asari bo‘lib, u o‘ziga xoslikni saqlab qolgan holda tasvirni qayta tiklash imkonini beradi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida professor Asliddin Kalonov va uning shogirdlari ishtirokida “Estampning qaytishi” nomli grafika ko‘rgazmasi ochildi.
Ushbu ko‘rgazma zamonaviy o‘zbek grafika san’atida klassik estamp an’analarining qayta jonlanayotganini namoyon etdi. Ekspozitsiyadan professor Asliddin Kalonov hamda 17 nafar talabaning ofort, linogravura va litografiya texnikasida yaratilgan 50 ga yaqin ijodiy ishlar o‘rin oldi.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmada taqdim etilgan asarlar mavzularning rang-barangligi, texnik yetukligi va badiiy mushohadaning chuqurligi bilan ajralib turadi. Yosh ijodkorlar ustoz an’analarini davom ettirgan holda, grafika san’atiga zamonaviy ruh va yangicha qarash olib kirishgan.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
"Estamp — bu nafaqat texnika, balki tafakkur madaniyatidir. Uni saqlab qolish va yoshlarga o‘rgatish — asosiy vazifamiz", — deydi professor Asliddin Kalonov.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Professor Asliddin Kalonov — O‘zbekiston tasviriy san’atida o‘ziga xos maktab yaratgan san’atkor sifatida tanilgan. Uning asarlari O‘zbekiston Davlat san’at muzeyi, Samarqand va Buxoro muzeylari, shuningdek, Rossiya rassomlar uyushmasida saqlanmoqda. 2019-yilda u “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazmada D. Abdullayeva, X. Azimjonov, U. Istamtoshev, U. Quvondiqova, K. Nebogina, A. Ovchinnikova, M. Turabekova, K. Umarova, M. Aliyeva, M. Azimova, J. Jurabekov, X. Jurayeva, N. Ikromov, R. Qodirova, S. Pattaxova, M. Xudoyberganov kabi yosh rassomlarning ishlari namoyish etilmoqda.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov
Ko‘rgazma joriy yilning 10 fevral kuniga qadar davom etadi.

"Estampning qaytishi" grafika ko‘rgazmasi
© Sputnik / Baxrom Xatamov