https://oz.sputniknews.uz/20260129/tinchlik-kengash-davlat-ishtirok-tasdiq-55344859.html
Tinchlik kengashida 27 ta davlat ishtirokini tasdiqladi — kimlar 1 mlrd dollar to‘laydi
Tinchlik kengashida 27 ta davlat ishtirokini tasdiqladi — kimlar 1 mlrd dollar to‘laydi
Sputnik O‘zbekiston
Tinchlik kengashiga 26 ta davlat qo‘shildi. Bloombergga ko‘ra, $1 mlrd to‘lagan davlat doimiy a’zo bo‘lishi mumkin. Rossiya muzlatilgan aktivlardan mablag‘ ajratishga tayyor.
2026-01-29T10:50+0500
2026-01-29T10:50+0500
2026-01-29T10:53+0500
donald tramp
aqsh
o‘zbekiston
g‘azo
dunyoda
dunyo yangiliklari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1d/55344464_0:43:1350:802_1920x0_80_0_0_d8de37d2022eef6671a9461a358ec689.png
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashida ishtirok etishni O‘zbekiston va AQShdan tashqari yana 25 ta davlat tasdiqladi. Tinchlik kengashining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Trampning yangi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish taklifini qabul qilgan davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi.Ro‘yxatdan O‘zbekiston, Albaniya, Argentina, Armaniston, Ozarbayjon, Bahrayn, Belarus, Bolgariya, Kambodja, Misr, Salvador, Vengriya, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Kuvayt, Mo‘g‘uliston, Marokash, Pokiston, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA va Vyetnam o‘rin olgan.Taklif etilganlar orasida Rossiya va Ukraina ham bor. Rossiya rahbari Vladimir Putin avval Rossiya muzlatilgan aktivlaridan G‘azo sektorini tiklash va Falastin muammolarini hal qilish uchun ushbu tashabbus doirasida 1 milliard dollar yo‘naltirishga tayyorligini bildirgan."Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, kengash nizomi loyihasida ishtirokchi davlatlar odatda uch yillik a’zolikka ega bo‘lishi, ammo agar davlat bir yil ichida 1 milliard AQSh dollaridan ortiq badal kiritsa, doimiy a’zo maqomini olishi mumkinligi qayd etilgan. Mazkur mablag‘ kengash faoliyati va G‘azo sektori bo‘yicha rejalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20260122/tinchlik-kengash-nizom-tasdiqlanish-55187550.html
o‘zbekiston
g‘azo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1d/55344464_0:0:1200:900_1920x0_80_0_0_8f3f3831cf5ac0ae115599d345b2045a.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tinchlik kengashi, board of peace, donald tramp, o‘zbekiston, rossiya, ukraina, x sahifa, 1 mlrd dollar, muzlatilgan aktivlar, doimiy a’zolik, g‘azo sektori, bloomberg, xalqaro tashkilot
tinchlik kengashi, board of peace, donald tramp, o‘zbekiston, rossiya, ukraina, x sahifa, 1 mlrd dollar, muzlatilgan aktivlar, doimiy a’zolik, g‘azo sektori, bloomberg, xalqaro tashkilot
Tinchlik kengashida 27 ta davlat ishtirokini tasdiqladi — kimlar 1 mlrd dollar to‘laydi
10:50 29.01.2026 (yangilandi: 10:53 29.01.2026) Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashida ishtirok etishni O‘zbekistondan tashqari yana 26 ta davlat tasdiqladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tuzilgan Tinchlik kengashida ishtirok etishni O‘zbekiston va AQShdan tashqari yana 25 ta davlat tasdiqladi.
Tinchlik kengashining X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida Trampning yangi xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lish taklifini qabul qilgan davlatlar ro‘yxati
e’lon qilindi.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston, Albaniya, Argentina, Armaniston, Ozarbayjon, Bahrayn, Belarus, Bolgariya, Kambodja, Misr, Salvador, Vengriya, Indoneziya, Iordaniya, Qozog‘iston, Kosovo, Kuvayt, Mo‘g‘uliston, Marokash, Pokiston, Paragvay, Qatar, Saudiya Arabistoni, Turkiya, BAA va Vyetnam o‘rin olgan.
Tramp avvalroq G‘azo sektorini tiklash va boshqarish maqsadida Tinchlik kengashi tuzilganini ma’lum qilgan edi. AQSh ma’muriyati qariyb 50 ta davlat rahbariga mazkur kengashta ishtirok etish bo‘yicha taklifnomalar yuborgan.
Taklif etilganlar orasida Rossiya va Ukraina ham bor. Rossiya rahbari Vladimir Putin avval Rossiya muzlatilgan aktivlaridan G‘azo sektorini tiklash va Falastin muammolarini hal qilish uchun ushbu tashabbus doirasida 1 milliard dollar yo‘naltirishga tayyorligini bildirgan.
"Bloomberg" ma’lumotlariga ko‘ra, kengash nizomi loyihasida ishtirokchi davlatlar odatda uch yillik a’zolikka ega bo‘lishi, ammo agar davlat bir yil ichida 1 milliard AQSh dollaridan ortiq badal kiritsa, doimiy a’zo maqomini olishi mumkinligi qayd etilgan. Mazkur mablag‘ kengash faoliyati va G‘azo sektori bo‘yicha rejalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.