Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekistonlik migrantlarning EOIIda ishlashi uchun tan olingan tibbiy hujjatlari bo‘lishi lozim

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
O‘zbekistonlik mehnat migrantlari YeOIIda ishlashi uchun tibbiy hujjatlarning o‘zaro tan olinishi muhim. Bu haqda Onishenko “YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” videoko‘prigida ma’lum qildi
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik mehnat migrantlari YeOII mamlakatlarida ishlashi uchun ushbu davlatlarda tan olinadigan tibbiy hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi akademigi, Rossiya ta’lim akademiyasi prezidenti o‘rinbosari Gennadiy Onishenko “YeOII mamlakatlari bioxavfsizligi” mavzusida Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazi ishtirokida o‘tkazilgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ittifoq mamlakatlarining o‘zida ham tibbiy hujjatlarni o‘zaro tan olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar hali ham mavjud, biroq bu masalalar asta-sekin hal qilinmoqda, chunki integratsiya milliy qonunchilikdan yuqori turadigan hujjatlar asosida amalga oshirilmoqda.
Onishenkoning ta’kidlashicha, mehnat migratsiyasiga qo‘yiladigan talablar tasodifiy emas — ular jahon standartlariga javob beradi va sanitariya-epidemiologik xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan. Shu bilan birga, noqonuniy migratsiya eng murakkab mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.
U Rossiyadagi o‘zbek diasporalarining rolini alohida qayd etdi. Uning aytishicha, bu madaniyat va tilni saqlaydigan, muhojirlar oilalariga yordam beradigan va vatandoshlarning huquqlarini himoya qiladigan qonuniy va obro‘li jamoalardir.
“Jamoat tashkilotlari, tashqi ishlar vazirliklari va hukumatlar orqali bu mavzu doimo diqqat markazida”, — dedi Onishenko.
Batafsil — Sputnik O‘zbekiston videosida.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Zdanie Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
Rossiyada tibbiy ko‘rikdan bosh tortgan migrantlar deportatsiya qilinishi mumkin
Yangiliklar lentasi
0