https://oz.sputniknews.uz/20260129/autodonorlik-tartib-belgilanish-55345929.html
Autodonorlik tartibi belgilandi: u qanday hollarda amalga oshiriladi
Autodonorlik tartibi belgilandi: u qanday hollarda amalga oshiriladi
Sputnik O‘zbekiston
Autodonorlik tartibi joriy etildi. Endi operatsiya oldidan o‘z qoningizni topshirish mumkin. Qaysi hollarda ruxsat berilmaydi — batafsil.
2026-01-29T11:53+0500
2026-01-29T11:53+0500
2026-01-29T11:53+0500
o‘zbekiston
jamiyat
sog‘liq
tibbiyot muassasi
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/401/10/4011075_0:168:3045:1881_1920x0_80_0_0_d9d76362012876d7fe6116cf0eb696f0.jpg
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Endilikda fuqaro yoki uning qonuniy vakili begona qon quyishni rad etsa, u jarrohlik amaliyoti paytida o‘ziga ishlatish uchun qonni oldindan topshirishi mumkin. Bu tartibni nazarda tutuvchi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.Ushbu amaliyot, ya’ni autodonorlik, donor yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi asosida operatsiya o‘tkaziladigan tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.Bu tartib, shuningdek, quyidagi hollarda ham qo‘llanadi:Qon topshirish quyidagi vaqtlarda amalga oshirilishi mumkin:Autodonorlikdan oldin qon laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Agar donorda OIV (OITS), V yoki S gepatiti, zaxm kasalligi aniqlansa yoki gematokrit ko‘rsatkichi 25 foizdan past bo‘lsa, autodonorlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20260123/qon-bilan-ishlash-55208385.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/401/10/4011075_158:0:2889:2048_1920x0_80_0_0_0e08946f89824a81c0d8cc5683a15f69.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
autodonorlik, operatsiya, qon topshirish, begona qon, qon guruhi, adliya vazirligi, tibbiyot, laboratoriya tekshiruvi, oiv, gepatit, gematokrit
autodonorlik, operatsiya, qon topshirish, begona qon, qon guruhi, adliya vazirligi, tibbiyot, laboratoriya tekshiruvi, oiv, gepatit, gematokrit
Autodonorlik tartibi belgilandi: u qanday hollarda amalga oshiriladi
Autodonorlik bepul tarzda amalga oshiriladi. Qonni operatsiyadan 30 kun oldin, tayyorgarlik paytida yoki amaliyot davomida topshirish mumkin, biroq tibbiy ko‘rsatkichlar majburiy tekshiriladi.
TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Endilikda fuqaro yoki uning qonuniy vakili begona qon quyishni rad etsa, u jarrohlik amaliyoti paytida o‘ziga ishlatish uchun qonni oldindan topshirishi mumkin. Bu tartibni nazarda tutuvchi nizom davlat
ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Ushbu amaliyot, ya’ni autodonorlik, donor yoki uning qonuniy vakilining yozma roziligi asosida operatsiya o‘tkaziladigan tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.
Bu tartib, shuningdek, quyidagi hollarda ham qo‘llanadi:
begona qon quyish imkoni bo‘lmasa;
donorning qon guruhi kam uchraydigan bo‘lsa.
Qon topshirish quyidagi vaqtlarda amalga oshirilishi mumkin:
jarrohlik amaliyotidan ko‘pi bilan 30 kun oldin;
jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik jarayonida (1–2 soat oldin);
jarrohlik amaliyoti davomida (oldindan yozma rozilik bilan).
Autodonorlikdan oldin qon laboratoriya tekshiruvidan o‘tkaziladi. Agar donorda OIV (OITS), V yoki S gepatiti, zaxm kasalligi aniqlansa yoki gematokrit ko‘rsatkichi 25 foizdan past bo‘lsa, autodonorlikka yo‘l qo‘yilmaydi.