https://oz.sputniknews.uz/20260128/mobil-aloqa-qoidalar-yangilanish-55317187.html
Tarifni bepul o‘zgartirish, pulli xizmatlarga cheklov: mobil aloqa qoidalari yangilandi
Tarifni bepul o‘zgartirish, pulli xizmatlarga cheklov: mobil aloqa qoidalari yangilandi
Sputnik O‘zbekiston
Yangi qoidalarga ko‘ra, tarif o‘zgarishi haqida abonentlar 15 kun oldin xabardor qilinadi. Raqam ko‘chirish 20 daqiqaga tushirildi, pullik xizmatlar cheklandi.
2026-01-28T10:01+0500
2026-01-28T10:01+0500
2026-01-28T10:11+0500
jamiyat
o‘zbekiston
xizmat
telefon
internet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/01/31889134_0:158:3081:1891_1920x0_80_0_0_f02b04db94d9dd10713113a223f9509f.jpg
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda abonentlar mobil aloqa tarif rejasini istalgan boshqa tarifga bepul almashtira oladi. Bu norma 26-yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi tahririda belgilandi.Yangi qoidalarga ko‘ra:Kontent xizmatlari bo‘yicha ham yangi tartib joriy etildi:Ushbu o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.
https://oz.sputniknews.uz/20251118/mobil-operator-narx-oshish-organilish-53557638.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/01/31889134_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_3be289325391697ea0c5aa1f87ef5fdb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston mobil aloqa, tarif o‘zgarishi, 15 kun ogohlantirish, raqam ko‘chirish 20 daqiqa, pullik xizmatlar, ussd, kontent xizmatlari, telekom qoidalari
o‘zbekiston mobil aloqa, tarif o‘zgarishi, 15 kun ogohlantirish, raqam ko‘chirish 20 daqiqa, pullik xizmatlar, ussd, kontent xizmatlari, telekom qoidalari
Tarifni bepul o‘zgartirish, pulli xizmatlarga cheklov: mobil aloqa qoidalari yangilandi
10:01 28.01.2026 (yangilandi: 10:11 28.01.2026) O‘zbekistonda mobil aloqa qoidalari yangilandi: tarif o‘zgarishi haqida 15 kun oldin ogohlantirish majburiy bo‘ldi, raqamni ko‘chirish 20 daqiqaga qisqartirildi.
TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda endilikda abonentlar mobil aloqa tarif rejasini istalgan boshqa tarifga bepul almashtira oladi. Bu norma 26-yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tgan Telekommunikatsiyalar xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarining yangi
tahririda belgilandi.
Shaxsiy hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmasa, raqamni “mavjud emas” holatiga o‘tkazish muddati 2 oydan 1-yilga uzaytiriladi.
Mobil aloqa operatorlari tarif shartlarini o‘zgartirsa, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin OAV, rasmiy sayt yoki SMS orqali xabardor qilinadi.
Xizmat ko‘rsatish punktiga bora olmaydiganlar uchun yashash joyiga borish va olis hududlarda sayyor xizmat yo‘lga qo‘yiladi.
Abonent roziligisiz avval bepul bo‘lgan xizmatlarni pulli qilish taqiqlanadi.
Tarif bo‘yicha to‘lov yechishda hisobni manfiy holatga tushirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Raqamni boshqa operatorga ko‘chirish endilikda 8 soatda emas, 20 daqiqada amalga oshiriladi.
Kontent xizmatlari bo‘yicha ham yangi tartib joriy etildi:
Pulli xizmatlar faqat mobil ilova yoki USSD orqali faollashtiriladi.
Roziliksiz xizmatlarni avtomatik ulash taqiqlanadi.
Kontent provayderlar taqdim etadigan barcha pullik xizmatlar dastlab nofaol holatda bo‘ladi.
Ushbu o‘zgarishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.