O‘zbekistonda 2025-yilda soliq tushumi qancha bo‘ldi: qo‘mita raqamlarni ochiqladi

© Sputnik / Baxrom XatamovDavlat soliq qo‘mitasi binosi, arxiv surat
Davlat soliq qo‘mitasi binosi, arxiv surat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
Obuna bo‘lish
2025 yilda respublika budjetiga 247,8 trillion so‘m soliq tushumi ta’minlandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 24 foizga ko‘p bo‘lib, tushumlarda foyda solig‘i va QQS asosiy ulushni tashkil etdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Soliq organlari tomonidan 2025-yilda respublika bo‘yicha budjetga 247,8 trillion so‘m tushumlar ta’minlandi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga ko‘p.
© Nalogoviy komitetV 2025 godu v budjet postupilo 247,8 trln sumov nalogovix postupleniy
V 2025 godu v budjet postupilo 247,8 trln sumov nalogovix postupleniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.01.2026
V 2025 godu v budjet postupilo 247,8 trln sumov nalogovix postupleniy
Soliq turlari kesimida tushum (2024 yilga nisbatan o‘sish):
foyda solig‘i - 72,3 trillion so‘m (+ 37%);
QQS - 45,2 trillion so‘m - (+14%);
jismoniy shaxslar daromad solig‘i - 42,4 trillion so‘m - (+20%);
yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq - 25,8 trillion so‘m (+28%);
aksiz solig‘i - 20 trillion so‘m - (+13%);
soliqsiz tushumlar (dividendlar, boj, yig‘im, jarima va boshqa to‘lovlar) — 19,5 trillion so‘m (+31%)
yer solig‘i - 10 trillion so‘m (+22%);
mol-mulk solig‘i - 8 trillion so‘m (+18%);
aylanmadan olinadigan soliq - 3,1 trillion so‘m (+8%);
suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq - 1,4 trillion so‘m (21%).
Chek - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Soliq qoidabuzarliklari haqidagi xabarlar uchun fuqarolarga qariyb 34 mlrd so‘m to‘landi
Yangiliklar lentasi
0