https://oz.sputniknews.uz/20260127/prezident-bojxona-xodimlar-tabrik-55290816.html
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Bojxona xodimlari kuni munosabati bilan prezident tabrigi o‘qib eshittirildi. Tabrikda iqtisodiy xavfsizlik va bojxona tizimi vazifalari qayd etildi.
2026-01-27T09:41+0500
2026-01-27T09:41+0500
2026-01-27T10:07+0500
davlat bojxona qo‘mitasi
o‘zbekiston
tabrik
prezident
shavkat mirziyoyev
sherzod asadov
siyosat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0a/54067788_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_bdc9812be5be1be01cc816f9d5309bf7.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 26-yanvar – Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.Qutlovda mustaqillik yillarida bojxona organlari O‘zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va davlat chegaralari daxlsizligini mustahkamlashda ishonchli tayanch bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.Tabrikda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik sharoitida bojxona tizimi mas’uliyati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.Davlat rahbari bojxonachilarga mas’uliyatli va sharafli xizmatida yangi zafarlar tiladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260114/prezident-vatan-himoyachilar-tabrik-54795650.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/0a/54067788_110:0:1247:853_1920x0_80_0_0_325242d0f9d5bddf304621293795ad81.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, sherzod asadov, bojxona xizmati, tabrik, iqtisodiy xavfsizlik, jst, raqamlashtirish
o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, sherzod asadov, bojxona xizmati, tabrik, iqtisodiy xavfsizlik, jst, raqamlashtirish
Prezident bojxona xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi
09:41 27.01.2026 (yangilandi: 10:07 27.01.2026) Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov davlat rahbarining Bojxona xizmati xodimlari va faxriylariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. 26 yanvar – Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni munosabati bilan prezident Shavkat Mirziyoyevning soha xodimlari va faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigi o‘qib eshittirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov
ma’lum qildi.
Qutlovda mustaqillik yillarida bojxona organlari O‘zbekistonning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, milliy manfaatlarni himoya qilish va davlat chegaralari daxlsizligini mustahkamlashda ishonchli tayanch bo‘lib kelayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, sohani raqamlashtirish, burokratiya va inson omilini kamaytirish, noqonuniy tovar aylanmasi hamda giyohvandlik va psixotrop moddalar muomalasiga qarshi kurashish, xavflarni oldindan tahlil qilish va rasmiy importni kengaytirish borasidagi ishlar e’tirof etildi.
Tabrikda yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, Jahon savdo tashkilotiga a’zolik sharoitida bojxona tizimi mas’uliyati va samaradorligini oshirish ustuvor vazifa ekani qayd etildi.
Davlat rahbari bojxonachilarga mas’uliyatli va sharafli xizmatida yangi zafarlar tiladi.