https://oz.sputniknews.uz/20260127/jinoyatchilik-kurash-yangi-tizim-55309047.html
Jinoyatchilikka qarshi kurashda mutlaqo yangi tizim yaratiladi — prezident
Jinoyatchilikka qarshi kurashda mutlaqo yangi tizim yaratiladi — prezident
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda jamoat xavfsizligi “poytaxt namunasi” asosida qayta tashkil etiladi. Patrul xizmati, profilaktika va nazorat tizimi yangilanadi.
2026-01-27T16:52+0500
2026-01-27T16:52+0500
2026-01-27T16:52+0500
shavkat mirziyoyev
iiv
mahalla
inspektor
jinoyatchilik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55308747_0:42:800:492_1920x0_80_0_0_3a4938795e6de6ba70ad9d6e48f16639.jpg
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi mutlaqo yangi tizim joriy etilishi ma’lum qilindi. Yangi tartib birinchi navbatda Toshkent shahrida “poytaxt namunasi” sifatida boshlanadi.Har bir vazir bittadan tumanga biriktiriladi, Prezident administratsiyasi vakili ham alohida tumanga mas’ul bo‘ladi. Huquq-tartibot oliygohlari mahallalarda ishlab, xodimlarni yagona dastur asosida o‘qitadi, talabalar esa dual ta’lim orqali amaliyot o‘taydi.Jamoat xavfsizligi xizmati 3 smenali rejimga o‘tadi, xodimlarning 70 foizi kechqurun va tungi vaqtda patrullik qiladi. Huquqbuzarlik haqida xabar kelib tushganda, guruhlar 5 daqiqa ichida yetib boradi.Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanadi. Gavjum joylarda dron orqali kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi.Barcha mahallalarda profilaktika inspektorlari bilan tezkor aloqa tizimi yaratiladi. Inspektorlar ishi raqamlashtiriladi, KPI baholashda protokol emas, profilaktika samaradorligi mezon bo‘ladi.Shuningdek, profilaktikaga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni yangilash vazifasi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260107/kriminogen-mahallalar-qaror-54671216.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/1b/55308747_45:0:756:533_1920x0_80_0_0_e155fe18f6dace43debffe468aaeea6b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, toshkent, xavfsizlik, patrul, profilaktika, dron, mahalla, ichki ishlar, milliy gvardiya
o‘zbekiston, toshkent, xavfsizlik, patrul, profilaktika, dron, mahalla, ichki ishlar, milliy gvardiya
Jinoyatchilikka qarshi kurashda mutlaqo yangi tizim yaratiladi — prezident
Prezident raisligidagi yig‘ilishda Toshkentda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etilishi, profilaktika va patrul xizmati qayta tashkil etilishi ma’lum qilindi.
TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi mutlaqo yangi tizim joriy etilishi
ma’lum qilindi.
Yangi tartib birinchi navbatda Toshkent shahrida “poytaxt namunasi” sifatida boshlanadi.
Har bir vazir bittadan tumanga biriktiriladi, Prezident administratsiyasi vakili ham alohida tumanga mas’ul bo‘ladi. Huquq-tartibot oliygohlari mahallalarda ishlab, xodimlarni yagona dastur asosida o‘qitadi, talabalar esa dual ta’lim orqali amaliyot o‘taydi.
Prezident bu tizimni Chilonzor misolida tushuntirdi. O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan 1 407 ta jinoyat sodir etilgan, ularning 40 foizi mahallalarda kuzatilgan.
Jamoat xavfsizligi xizmati 3 smenali rejimga o‘tadi, xodimlarning 70 foizi kechqurun va tungi vaqtda patrullik qiladi. Huquqbuzarlik haqida xabar kelib tushganda, guruhlar 5 daqiqa ichida yetib boradi.
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmat uchun qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanadi. Gavjum joylarda dron orqali kuzatuv yo‘lga qo‘yiladi.
Barcha mahallalarda profilaktika inspektorlari bilan tezkor aloqa tizimi yaratiladi. Inspektorlar ishi raqamlashtiriladi, KPI baholashda protokol emas, profilaktika samaradorligi mezon bo‘ladi.
Shuningdek, profilaktikaga qaratilgan yangi qonun loyihasi ishlab chiqish va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni yangilash vazifasi qo‘yildi.