Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya armiyasi Xarkov viloyatidagi Staritsani nazoratga oldi

© RIA NovostiRossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto
Rossiyskiy voyennoslujashiy v zone provedeniya spetsoperatsii. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi Maxsus operatsiya hududida so‘nggi 24 soat ichida amalga oshirilgan ishlari haqidagi hisoboti.
TOShKENT, 24 yanv – Sputnik. Rossiya Qurolli Kuchlarining “Shimol” kuchlar guruhi bo‘linmalari Xarkov viloyatidagi Staritsa aholipunktini nazoratga oldi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi shanba kuni.
© SputnikXarkov, Staritsa
Xarkov, Staritsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.01.2026
Xarkov, Staritsa
“Shimol” kuchlar guruhi so‘nggi 24 soat ichida Xarkov viloyatidagi uchta UQK brigadasiga, Sumi viloyatidagi Kislaya Dubina, Ivoljanskoe, Sadki va Xoten aholi punktlari yaqinidagi hududiy mudofaa brigadalariga zarba berdi. Ukraina armiyasi ushbu hududlarda 145 nafargacha harbiy xizmatchisini, bitta zirhli jangovar mashinani, sakkizta mashinani va bitta elektron kurash radarini yo‘qotdi.
“G‘arb” kuchlar guruhi Xarkov viloyati va DXR hududida UQKning ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi va bitta havo hujumi brigadasi, bitta hududiy mudofaa brigadasi va bitta Milliy gvardiya brigadasi tuzilmalariga zarar yetkazdi, deyiladi xabarda. Ukraina armiyasining ushbu hududda so‘nggi 24 soat ichida 180 dan ortiq harbiy xizmatchisini, to‘rtta zirhli jangovar mashinani, 16 ta mashinani, bitta artilleriya tizimini va beshta o‘q-dori omborini yo‘qotdi.
“Janub”kuchlar guruhi DXRdagi yettita Ukraina brigadasiga zarba berdi va Ukraina armiyasi 140 nafargacha harbiy xizmatchisini, yettita transport vositasini, beshta dala artilleriya tizimini, bitta elektron urush tizimini va ikkita o‘q-dorilar omborini yo‘qotdi.
“Markaz” kuchlar guruhi Dnepropetrovsk viloyati va DXRda Ukraina Qurolli Kuchlarining 11 ta brigadasi va bitta polkiga zarba berdi va Ukraina armiyasi 445 dan ortiq harbiy xizmatchisini, yettita zirhli jangovar mashinasini, 14 ta transport vositasini va bitta artilleriya tizimini yo‘qotdi.
“Sharq”kuchlar guruhi Dnepropetrovsk va Zaporoje viloyatlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining uchta hujum brigadasi, ikkita uchuvchisiz tizim brigadasi va to‘rtta hujum polkining harbiy xizmatchilari va texnikasini yo‘q qildi. Dushman 335 nafargacha harbiy xizmatchisini, bitta zirhli jangovar mashinasini, 15 ta transport vositasini va uchta dala artilleriya tizimini yo‘qotdi.
“Dnepr” kuchlar guruhi bo‘linmalari Zaporoje viloyatlarida Ukraina Qurolli Kuchlarining mexanizatsiyalashgan brigadasi va tog‘li hujum brigadasi tuzilmalariga zarar yetkazdi. UQK 40 nafargacha harbiy xizmatchisini, to‘rtta transport vositasini va bitta elektron kurash radarini yo‘qotdi.
Havo hujumidan himoya kuchlari o‘tgan sutka davomida to‘rtta HIMARS raketalari 137 ta uzoq masofali uchuvchisiz apparatlarini urib tushirdi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina jami 670 ta samolyot, 283 ta vertolot, 110 949 ta uchuvchisiz uchish apparat, 646 ta zenit-raketa tizimi, 27 292 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1650 ta yoppasga o‘t ochish reaktiv tizimi, 32 801 ta dala artilleriya qurollari va minomotlar hamda 52 675 ta maxsus harbiy mashinasidan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0