TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Har qanday ehtimoliy tajovuzga Tehronning javobi iloji boricha qattiq bo‘ladi, dedi Eronning yuqori lavozimli amaldori.Amaldorning ta’kidlashicha, Tehron hozirda Isroil bilan 12 kunlik urush davridagiga qaraganda ancha yaxshi holatda.Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika aviatashuvchilari "ehtimol" Eron tomon harakatlanayotganini aytdi. Ilgari u mamlakatga aralashish imkoniyati olib tashlanganmi yoki yo‘qmi degan savolga aniq javob bermagan edi.Yanvar oyining boshida Eronda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng Tramp muholifatchilarga yordamga kelishini va Eronga hujum qilishini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilish bilan tahdid qilgandi.
Bu safar Tehron Isroil bilan davom etgan 12 kunlik urushdan ko‘ra ancha yashi tayyorlangan.
TOShKENT, 24 yanv — Sputnik. Har qanday ehtimoliy tajovuzga Tehronning javobi iloji boricha qattiq bo‘ladi, dedi Eronning yuqori lavozimli amaldori.
"Bu safar biz har qanday hujumni — cheklangan, cheksiz, yuqori aniqlikdagi, kinetik, nima deb atasangiz ham — bizga qarshi to‘laqonli urush sifatida ko‘rib chiqamiz va eng qattiqqo‘l tarzda javob beramiz", dedi u jurnalistlarga ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.
Amaldorning ta’kidlashicha, Tehron hozirda Isroil bilan 12 kunlik urush davridagiga qaraganda ancha yaxshi holatda.
Eslatib o‘tamiz, payshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika aviatashuvchilari "ehtimol" Eron tomon harakatlanayotganini aytdi. Ilgari u mamlakatga aralashish imkoniyati olib tashlanganmi yoki yo‘qmi degan savolga aniq javob bermagan edi.
Yanvar oyining boshida Eronda bo‘lib o‘tgan tartibsizliklardan so‘ng Tramp muholifatchilarga yordamga kelishini va Eronga hujum qilishini e’lon qilgan edi. Bunga javoban Eron AQShning Yaqin Sharqdagi bazalariga hujum qilish bilan tahdid qilgandi.
Erondagi tartibsizliklar
2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.
8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq politsiya xodimi qurbon bo‘ldi.
Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.
Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.
Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.