https://oz.sputniknews.uz/20260124/abu-dabida-rossiya-ishtirokidagi-muzokaralar-yakunlandi-55245496.html
Abu-Dabida Rossiya ishtirokidagi muzokaralar yakunlandi
Abu-Dabida Rossiya ishtirokidagi muzokaralar yakunlandi
Sputnik O‘zbekiston
Muzokaralar tafsiloti ma’lum emas. Keyingi haftada ularning yangi bosqichi bo‘lb o‘tishi mumkin. 24.01.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-01-24T18:25+0500
2026-01-24T18:25+0500
2026-01-24T18:25+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
aqsh
ukraina
muzokaralar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48164630_0:122:3209:1927_1920x0_80_0_0_dc0cc736d68491b6cb17a5aa1ce2545e.jpg
TOShKENT, 24-yanvar — Sputnik. Abu-Dabida Moskva, Vashington va Kiyev delegatsiyalari o‘rtasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.Uchrashuvdan so‘ng, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i admiral Igor Kostukov boshchiligidagi Rossiya ishchi guruhi mehmonxonaga qaytib keldi. Amerika delegatsiyasi vakillari aeroportga yo‘l olishdi.Delegatsiyalarning birinchi uchrashuvi juma kuni bo‘lib o‘tdi. AQSh ma’muriyati rasmiysi NBC telekanaliga bergan intervyusida u samarali bo‘lganini aytdi. AP xabariga ko‘ra, muzokaralar turli formatlarda bo‘lib o‘tdi, ishtirokchilar muayan mavzularni muhokama qilish uchun guruhlarga bo‘lindilar. Payshanba kuni kechqurun Vladimir Putin Kremlda Uitkoff boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilishdi, unda ikkala davlat va Ukraina vakillari ishtirok etishdi.Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlaganidek, amerikaliklar hududiy masala Ankorijda kelishilgan formulaga muvofiq hal qilinmasdan turib, uzoq muddatli kelishuvga umid yo‘qligini tan olishdi.Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Qurolli Kuchlari Moskva uchun muhim shart bo‘lgan Donbassdan chiqib ketishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260124/rossiya-ukraina-aqsh-muzokaralarning-birinchi-kuni-yakunlandi-55231303.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/1c/48164630_240:0:2971:2048_1920x0_80_0_0_34f359c753e274f3122a4db5ae1ef9dc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, aqsh, ukraina, muzokaralar
rossiya, aqsh, ukraina, muzokaralar
Abu-Dabida Rossiya ishtirokidagi muzokaralar yakunlandi
Muzokaralar tafsiloti ma’lum emas. Keyingi haftada ularning yangi bosqichi bo‘lb o‘tishi mumkin.
TOShKENT, 24-yanvar — Sputnik. Abu-Dabida Moskva, Vashington va Kiyev delegatsiyalari o‘rtasida xavfsizlik masalalari bo‘yicha muzokaralar yakunlandi.
Uchrashuvdan so‘ng, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi bosh boshqarmasi boshlig‘i admiral Igor Kostukov boshchiligidagi Rossiya ishchi guruhi mehmonxonaga qaytib keldi. Amerika delegatsiyasi vakillari aeroportga yo‘l olishdi.
Muzokaralar tushdan keyin yopiq eshiklar ortida boshlandi. Ukraina manbalari ularni konstruktiv va ijobiy deb ta’rifladilar. Axios xabariga ko‘ra, keyingi haftada BAAda yangi bosqich bo‘lib o‘tishi mumkin.
Delegatsiyalarning birinchi uchrashuvi juma kuni bo‘lib o‘tdi. AQSh ma’muriyati rasmiysi NBC telekanaliga bergan intervyusida u samarali bo‘lganini aytdi. AP xabariga ko‘ra, muzokaralar turli formatlarda bo‘lib o‘tdi, ishtirokchilar muayan mavzularni muhokama qilish uchun guruhlarga bo‘lindilar.
Payshanba kuni kechqurun Vladimir Putin Kremlda Uitkoff boshchiligidagi Amerika delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng, Rossiya va Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik masalalari bo‘yicha ishchi guruhning birinchi yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilishdi, unda ikkala davlat va Ukraina vakillari ishtirok etishdi.
Prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ta’kidlaganidek, amerikaliklar hududiy masala Ankorijda kelishilgan formulaga muvofiq hal qilinmasdan turib, uzoq muddatli kelishuvga umid yo‘qligini tan olishdi.
Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina Qurolli Kuchlari Moskva uchun muhim shart bo‘lgan Donbassdan chiqib ketishi kerakligini yana bir bor ta’kidladi.