UzBuild ko‘rgazmasida Rossiyaning 60 tadan ortiq kompaniyasi ishtirok etadi

© Sputnik/Anna JelixovskayaVistavka “Stroitelstvo – UzBuild 2024”
Vistavka “Stroitelstvo – UzBuild 2024” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2026-yilda o‘nlab xalqaro ko‘rgazma va sohaviy forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular qurilish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, energetika va tibbiyot sohalarini qamrab oladi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. 10–12 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan O‘zbekistonning eng yirik qurilish ko‘rgazmasi — "UzBuild"da Rossiyadan 60 dan ortiq kompaniya qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Matbuot anjumanida "Iteca Exhibitions" 2026-yilga mo‘ljallangan tadbirlar taqvimini taqdim etdi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda 22 ta xalqaro ko‘rgazma va 5 ta konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbirlar ikki maydonchada — “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazma kompleksi (MKK) va CAEx Uzbekistan ko‘rgazma majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Bu yil to‘rtta ko‘rgazma o‘z yubileyini nishonlaydi:
TIHE (sog‘liqni saqlash) — 30-yil,
UzFood (oziq-ovqat sanoati) — 25-yil,
MiningMetals Uzbekistan (konchilik va metallurgiya) — 20-yil,
E-TechExpo (elektronika va innovatsion texnologiyalar) — 5-yil.
Bahorgi mavsum 10–12 fevral kunlari start oladi. Mamlakatning bosh qurilish ko‘rgazmasi — UzBuild O‘zbekiston qurilish va interyer haftaligi doirasida “O‘zekspomarkaz” MKKda o‘tkaziladi.

27-xalqaro UzBuild ko‘rgazmasi, BuildTech ixtisoslashtirilgan bo‘limi hamda ICCI 7-xalqaro konferensiyasida Rossiyadan ta60 dan ortiq kompaniya ishtirok etadi. Ular orasida Rossiya eksport markazi homiyligidagi “MADE IN RUSSIA” milliy stendi doirasida qatnashadigan 14 ta kompaniya ham bor.

Shuningdek, ko‘rgazmada Boshqirdiston, Tatariston, Vladimir, Chelyabinsk, Yaroslavl va Qo‘rg‘on viloyatlarining jamoaviy stendlari taqdim etiladi. Kompaniyalar zamonaviy qurilish uchun mo‘ljallangan eng yangi materiallar va texnologiyalarni namoyish qiladi.
Bahorgi mavsum davomida quyidagi xalqaro ko‘rgazmalar ham o‘tkaziladi:
AgroWorld Uzbekistan (25–27 mart),
UzFood (1–3 aprel),
O‘ZuPACK (1–3 aprel),
WoodTech & MebelExpo Uzbekistan (28–30 aprel).
Mavsum yangiligi sifatida "Tashkent Water Week 2026" xalqaro suv forumi e’lon qilindi. U 25–26 mart kunlari "AgroWorld Uzbekistan" bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Forum O‘zbekiston hukumati ko‘magida Iteca Exhibitions, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Progressiv islohotlar markazi ishtirokida tashkil etiladi. Tadbirda suv resurslarini boshqarishda innovatsiyalar va qo‘shma yondashuvlar muhokama qilinadi.
Tibbiyot va go‘zallik sohasidagi ko‘rgazmalar esa “Go‘zallik va salomatlik sinergiyasi” shiori ostida bo‘lib o‘tadi. Ular qatorida TIHE (28–30 aprel), PharmExpo Central Asia, Stomatology Uzbekistan, Beauty Uzbekistan / BeautyDerma Central Asia mavjud.
Shuningdek, OGU, Power Uzbekistan, GETCA xalqaro ko‘rgazmalari hamda neft-gaz va energetika konferensiyalarini birlashtirgan O‘zbekiston energetika haftaligi (12–14 may) CAEx Uzbekistan maydonida tashkil etiladi.
Bahorgi mavsumni “TextileExpo Uzbekistan Spring” ko‘rgazmasi (13–15 may) yakunlaydi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKKda bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda Xalqaro transport va logistika ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2025
Toshkentdagi transport va logistika ko‘rgazmasida Rossiya qanday mahsulotlarni taqdim etdi?
Yangiliklar lentasi
0