https://oz.sputniknews.uz/20260122/ukraine-qomondon-belitskiy-tayinlov-mumkin-55160002.html
Ukrainada qo‘mondon etib Bileskiy* tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda - u Zelenskiyga xavfmi
Ukrainada qo‘mondon etib Bileskiy* tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda - u Zelenskiyga xavfmi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondonini almashtirish masalasi yana muhokamaga chiqdi. OAVda Andrey Bileskiy nomzodi faol tilga olinmoqda, ekspertlar esa bu qarorning siyosiy oqibatlarini baholamoqda.
2026-01-22T12:51+0500
2026-01-22T12:51+0500
2026-01-22T12:56+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
qurolli kuchlar
valeriy zalujniy
harbiylar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24777740_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_7154d88b378ddb7a6c705ed15c951328.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. So‘nggi kadrlar almashinuvi to‘lqini fonida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni almashtirish masalasi yana muhokama markaziga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti Ukrainaning Strana.ua nashriga tayanib xabar berdi.U qo‘shinlarni boshqarishda eski yondashuvda, katta yo‘qotishlarga befarqlikda hamda muhim yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatsizliklarda turli tomonlardan uzoq vaqtdan beri tanqid qilinadi.Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida UQKning bir qator “progressiv” qo‘mondonlari faol targ‘ib qilinmoqda. Ayniqsa, kuchli kampaniya Andrey Bileskiyni* qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu uning media-siyosiy pozitsiyalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.Agar Sirskiyni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Bileskiyning* nomzodi uning o‘rnini bosuvchilar orasida tobora ko‘proq tilga olinmoqda.Qayd qilinishicha, bunday holda UQKda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini hozirda Uchinchi armiya korpusida kechayotgan jarayonlar misolida ko‘rish mumkin. Ushbu korpus qo‘mondoni etib o‘tgan yili Bileskiy* tayinlangan va shundan so‘ng kadrlarni yoppasiga tozalash boshlangan.Aslida, Bileskiy* va uning safdoshlari ko‘plab ofitser va generallarning layoqatsizligiga urg‘u berib, qo‘mondonlik tarkibini tozalash niyatida ekanliklarini yashirishmagan.Bunday baholar armiya ichida ham keng tarqalgan. Askarlar va serjantlar qo‘mondonlarning halokatli qarorlari, yuqori martabali amaldorlarning frontdagi yo‘qotishlarga befarqligi va “go‘shtli” hujumlar haqida shikoyat qilishadi.Shu bilan birga, Uchinchi korpusga kirmaydigan boshqa bo‘linmalardagi ko‘plab ofitserlar Bileskiyning* kadrlar tashabbuslariga shubha bilan qaraydi.Siyosiy doiralarda Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniydan bo‘lajak saylovlarni hisobga olgan holda ovozlarni tortib olish maqsadida Bileskiyni* bosh qo‘mondon etib tayinlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ammo prezident devoniga yaqin siyosatshunos bu fikrga shubha bilan qaraydi.Siyosatshunosning fikricha, qo‘mondonlik pozitsiyasi hozirda Ukrainada top-siyosatga tez chiqish uchun eng maqbul tramplin hisoblanadi. Agar Bileskiy* ushbu lavozimni egallasa, u imkoniyatdan to‘liq foydalanadi. Qolaversa, masala qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lgan saylovlar haqida emas, chunki urush davom etmoqda.*Rossiya Federatsiyasida terrorchilar va ekstremistlar reyestriga kiritilgan
https://oz.sputniknews.uz/20260121/zelenskiy-raketa-sarf-garb-qurol-qiyinchilik-55114176.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24777740_187:0:2918:2048_1920x0_80_0_0_efc73472e0bfbc34c8d82a425d25ec5d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ukraina qurolli kuchlari, bosh qo‘mondon, aleksandr sirskiy, andrey bileskiy, vladimir zelenskiy, valeriy zalujniy, kadrlar almashinuvi, ukraina siyosati, armiya va siyosat, uqk, 3-korpus, milliy korpus
ukraina qurolli kuchlari, bosh qo‘mondon, aleksandr sirskiy, andrey bileskiy, vladimir zelenskiy, valeriy zalujniy, kadrlar almashinuvi, ukraina siyosati, armiya va siyosat, uqk, 3-korpus, milliy korpus
Ukrainada qo‘mondon etib Bileskiy* tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda - u Zelenskiyga xavfmi
12:51 22.01.2026 (yangilandi: 12:56 22.01.2026) Ukraina QK qo‘mondoni etib Sirskiy o‘rniga siyosiy ambitsiyali Bileskiy* tayinlanishi mumkinligi aytilmoqda.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. So‘nggi kadrlar almashinuvi to‘lqini fonida Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni almashtirish masalasi yana muhokama markaziga chiqdi. Bu haqda RIA Novosti Ukrainaning Strana.ua nashriga tayanib
xabar berdi.
U qo‘shinlarni boshqarishda eski yondashuvda, katta yo‘qotishlarga befarqlikda hamda muhim yo‘nalishlardagi muvaffaqiyatsizliklarda turli tomonlardan uzoq vaqtdan beri tanqid qilinadi.
Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalarida UQKning bir qator “progressiv” qo‘mondonlari faol targ‘ib qilinmoqda. Ayniqsa, kuchli kampaniya Andrey Bileskiyni* qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, bu uning media-siyosiy pozitsiyalariga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Agar Sirskiyni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Bileskiyning* nomzodi uning o‘rnini bosuvchilar orasida tobora ko‘proq tilga olinmoqda.
Qayd qilinishicha, bunday holda UQKda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi mumkinligini hozirda Uchinchi armiya korpusida kechayotgan jarayonlar misolida ko‘rish mumkin. Ushbu korpus qo‘mondoni etib o‘tgan yili Bileskiy* tayinlangan va shundan so‘ng kadrlarni yoppasiga tozalash boshlangan.
“Ba’zi ofitserlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirilishga majbur qilingan. O‘z xohishi bilan ketmaganlar keyinchalik frontning eng og‘ir uchastkalariga tashlandi. Oqibatda — agar bo‘linma o‘z pozitsiyasini yo‘qotsa, ular darhol lavozimlaridan bo‘shatilgan”, — dedi ilgari Uchinchi korpusga “qo‘shilgan” brigadalardan birida xizmat qilgan Ukraina Qurolli kuchlari mayori “Strana”ga.
Aslida, Bileskiy* va uning safdoshlari ko‘plab ofitser va generallarning layoqatsizligiga urg‘u berib, qo‘mondonlik tarkibini tozalash niyatida ekanliklarini yashirishmagan.
Bunday baholar armiya ichida ham keng tarqalgan. Askarlar va serjantlar qo‘mondonlarning halokatli qarorlari, yuqori martabali amaldorlarning frontdagi yo‘qotishlarga befarqligi va “go‘shtli” hujumlar haqida shikoyat qilishadi.
Shu bilan birga, Uchinchi korpusga kirmaydigan boshqa bo‘linmalardagi ko‘plab ofitserlar Bileskiyning* kadrlar tashabbuslariga shubha bilan qaraydi.
“…Bileskiy* va uning o‘rtoqlari bo‘ysundirilgan tuzilmalarni tozalashda birinchi ham, oxirgi ham emaslar. Bu Ukraina armiyasidagi eski an’ana — to‘liq bo‘ysunish uchun "begonalarni" olib tashlash va o‘zlarinikini asosiy lavozimlarga qo‘yish,” — dedi UQK podpolkovnigi Andrey K. Uchinchi korpusdagi kadrlar o‘zgarishi haqida.
Siyosiy doiralarda Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniydan bo‘lajak saylovlarni hisobga olgan holda ovozlarni tortib olish maqsadida Bileskiyni* bosh qo‘mondon etib tayinlashi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan. Ammo prezident devoniga yaqin siyosatshunos bu fikrga shubha bilan qaraydi.
“Agar Andrey Bileskiy* bosh qo‘mondon etib tayinlansa, u Valeriy Zalujniydan ko‘ra ko‘proq Vladimir Zelenskiyga raqobatchiga aylanadi. G‘oyaviy o‘ta o‘ngchi siyosatchi, "Milliy korpus" partiyasining asoschisi Andrey Bileskiyga* nisbatan bunday shubha bo‘lishi mumkin emas”, — dedi u.
Siyosatshunosning fikricha, qo‘mondonlik pozitsiyasi hozirda Ukrainada top-siyosatga tez chiqish uchun eng maqbul tramplin hisoblanadi. Agar Bileskiy* ushbu lavozimni egallasa, u imkoniyatdan to‘liq foydalanadi. Qolaversa, masala qachon bo‘lishi noma’lum bo‘lgan saylovlar haqida emas, chunki urush davom etmoqda.
“Shunchaki, qachondir Bileskiy*, agar haqiqatan ham xuddi 3-korpus bilan bo‘lgani kabi, armiyani o‘ziga moslab qayta shakllantira olsa, o‘ziga: "agar armiyam bo‘lsa, hokimiyatga saylovlar nima uchun kerak?" degan savolni berishi mumkin. Tarixda bunday holatlar ko‘p bo‘lgan,” — deydi siyosatshunos.
*Rossiya Federatsiyasida terrorchilar va ekstremistlar reyestriga kiritilgan