https://oz.sputniknews.uz/20260122/russia-migrant-otkazma-cheklov-duma-rad-55172430.html
Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalari cheklanmaydi — Davlat dumasi qonun loyihasini rad etdi
Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalari cheklanmaydi — Davlat dumasi qonun loyihasini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Davlat dumasi mehnat muhojirlariga rasmiy maoshidan ortiq mablag‘ni xorijga o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi. Hukumat va qo‘mita hujjatda jiddiy bo‘shliqlar borligini qayd etdi.
2026-01-22T15:38+0500
2026-01-22T15:38+0500
2026-01-22T15:55+0500
dunyo yangiliklari
rossiya
pul jo‘natmalari
migrantlar
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1050/82/10508230_100:0:3401:1857_1920x0_80_0_0_ac363e679e5cbd964c33e271c7d52cb2.jpg
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi mamlakatda mehnat migrantlariga rasmiy maoshidan ortiq mablag‘ni xorijga o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.Davlat Dumasining moliya bozori qo‘mitasi taklif etilayotgan o‘zgarishlar tarqoq xususiyatga ega ekanini va tartibga solishda jiddiy bo‘shliqlarni qoldirishi mumkinligini qayd etgan.Rossiya hukumati ham qonun loyihasini takomillashtirish zarur, deb hisoblaydi. Xususan, olingan daromadlarning qonuniyligini tasdiqlovchi deklaratsiyani taqdim etish va undagi ma’lumotlarni tekshirish mexanizmlari ishlab chiqilmagani qayd etilgan.Bundan tashqari, hukumatning fikricha, qonun loyihasi qoidalarini amalga oshirish noqonuniy mehnat faoliyatiga qarshi qaratilgan maqsadlarga teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, Rossiyadan, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga naqd rubl olib chiqish hajmini oshirish xavfi mavjud.
https://oz.sputniknews.uz/20260114/russia-pul-otkazma-cheklov-qonun-rad-54801049.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1050/82/10508230_512:0:2988:1857_1920x0_80_0_0_64e6007c18052157797b297257915e2f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya davlat dumasi, mehnat muhojirlari, pul o‘tkazmalari, xorijga pul yuborish, qonun loyihasi, rossiya hukumati, moliya bozori qo‘mitasi, yeoii, naqd rubl, migratsiya siyosati
rossiya davlat dumasi, mehnat muhojirlari, pul o‘tkazmalari, xorijga pul yuborish, qonun loyihasi, rossiya hukumati, moliya bozori qo‘mitasi, yeoii, naqd rubl, migratsiya siyosati
Rossiyada migrantlar pul o‘tkazmalari cheklanmaydi — Davlat dumasi qonun loyihasini rad etdi
15:38 22.01.2026 (yangilandi: 15:55 22.01.2026) Rossiyada mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalariga cheklov joriy etish taklifi qo‘llab-quvvatlanmadi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Rossiya Davlat dumasi mamlakatda mehnat migrantlariga rasmiy maoshidan ortiq mablag‘ni xorijga o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini rad etdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Davlat Dumasining moliya bozori qo‘mitasi taklif etilayotgan o‘zgarishlar tarqoq xususiyatga ega ekanini va tartibga solishda jiddiy bo‘shliqlarni qoldirishi mumkinligini qayd etgan.
Ta’kidlanishicha, o‘tkazilayotgan pul mablag‘larining rasman tasdiqlangan daromadlarga muvofiqligini nazorat qilish tartibi belgilanmagan, shuningdek, taqiqni buzganlik uchun javobgarlik nazarda tutilmagan.
Rossiya hukumati ham qonun loyihasini takomillashtirish zarur, deb hisoblaydi. Xususan, olingan daromadlarning qonuniyligini tasdiqlovchi deklaratsiyani taqdim etish va undagi ma’lumotlarni tekshirish mexanizmlari ishlab chiqilmagani qayd etilgan.
Bundan tashqari, hukumatning fikricha, qonun loyihasi qoidalarini amalga oshirish noqonuniy mehnat faoliyatiga qarshi qaratilgan maqsadlarga teskari ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, Rossiyadan, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlarga naqd rubl olib chiqish hajmini oshirish xavfi mavjud.