Mirziyoyev Shveysariyaga yetib bordi: Davosda xalqaro uchrashuvlar rejalashtirilgan

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana pribil s rabochim vizitom v Shveysariyu
Prezident Uzbekistana pribil s rabochim vizitom v Shveysariyu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Obuna bo‘lish
Davos shahrida muhim xalqaro tadbirlar doirasida Shavkat Mirziyoyev tinchlikka oid xalqaro tashabbus marosimida ishtirok etishi va qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Shveysariyaning Surix shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Surix xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbarini Birlashgan savdo-sanoat palatasi rahbari Dorit Probst kutib oldi.
Tashrif dasturiga muvofiq, 22-yanvar kuni Davos shahrida mamlakat yetakchisi AQSh prezidenti Donald Tramp tashabbusi bilan tashkil etilayotgan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etishi hamda qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Prezident Uzbekistana posetit Shveysariyu s rabochim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Mirziyoyev Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida qatnashish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi
Yangiliklar lentasi
0