Yuqori chegarasisiz penya, 180 foizlik stavka: Markaziy bank kredit jarimalarni o‘rganib chiqdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevVxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Vxod v sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.01.2026
Obuna bo‘lish
Kredit shartnomalarida to‘lovlar kechiktirilganda qo‘llanilayotgan ayrim jarima va sanksiyalar adolat tamoyillariga mos emasligi aniqlandi.
TOShKENT, 22 yanv — Sputnik. Tijorat banklarining ayrim kredit shartnomalarida to‘lovlar kechiktirilganda qo‘llanilayotgan jarima va sanksiyalar adolat va mutanosiblik tamoyillariga zid. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Markaziy bank kredit (mikroqarz) shartnomalari bo‘yicha to‘lov majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagan holatlarda qo‘llanayotgan chora va sanksiyalar amaliyotini o‘rganib chiqqan.
Tahlillar natijasida ayrim banklarda quyidagi holatlar aniqlangan:
kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblanadigan foiz stavkalari shartnomada belgilangan yillik stavkadan bir necha barobarga, ayrim holatlarda yillik 150–180 foizgacha oshirilayotgani;
kredit bo‘yicha foizlarni to‘lash kechiktirilganda eng yuqori chegarasi belgilanmagan kunlik penya hisoblanayotgani;
kreditorning haqiqiy xarajatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha bir martalik jarimalar qo‘llanilayotgani.
Ta’kidlanishicha, shu munosabat bilan, Markaziy bank quyidagilarga e’tibor qaratishni lozim deb hisoblaydi:
kechiktirilgan majburiyatlar uchun qo‘llaniladigan sanksiyalarning kompensatsion xarakterga ega bo‘lishi;
qarz oluvchilar uchun to‘lovni kechiktirish bilan bog‘liq moliyaviy oqibatlarning oldindan aniq va tushunarli bo‘lishi;
kredit shartnomalarida javobgarlik choralarini adolat va mutanosiblik tamoyillari asosida belgilash.
Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.10.2025
Markaziy bank kredit berishning yangi qoidalarni tasdiqladi
Yangiliklar lentasi
0