https://oz.sputniknews.uz/20260121/oltin-narx-osish-russia-foyda-55084205.html
Oltin narxi o‘sishi Rossiyaga Yevropada muzlatilgan aktivlar bilan teng foyda berdi
Oltin narxi o‘sishi Rossiyaga Yevropada muzlatilgan aktivlar bilan teng foyda berdi
Sputnik O‘zbekiston
Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri oltin narxining o‘sishi hisobidan 216 mlrd dollar foyda olgan. Bu daromad muzlatilgan aktivlar yo‘qotishini qisman qoplagan.
2026-01-21T10:51+0500
2026-01-21T10:51+0500
2026-01-21T10:52+0500
rossiya
dunyo yangiliklari
iqtisod
oltin-valyuta zaxiralari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/38/9133808_0:123:1200:798_1920x0_80_0_0_e38fb2d9f365981d985325fc0c9cb0b1.jpg
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon oltin narxining oshishi hisobidan 216 milliard dollar foyda oldi. Bu haqda "Bloomberg" ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Yevropada bloklangan qimmatli qog‘ozlar va pullardan farqli o‘laroq, oltin zarurat bo‘lsa hali ham sotilib, monetizatsiya qilinishi mumkin.Avvalroq RIA Novosti Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning oltin zaxiralari yil davomida qimmatlashish hisobiga rekord darajada — 130 milliard dollarga oshganini xabar qilgan edi. Xususan, 2025-yil 1-yanvar holatiga zaxiralarda 195,7 milliard dollarlik, bir yil o‘tib esa 326,5 milliard dollarlik oltin quymalari saqlangan.Bu davrda jahon oltin bozorida qiymat 1,7 barobarga o‘sib, bir troya unsiya narxi 2,6 ming dollardan 4,4 ming dollargacha ko‘tarildi. 2026-yil boshiga kelib, oltin Markaziy bank zaxiralarining 43,3 foizini tashkil etdi.Shu bilan birga, valyuta aktivlari ulushi 3,6 foizga oshib, 428,3 milliard dollarga yetgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251202/uzbekistan-cbu-oltin-xaridor-53887901.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/913/38/9133808_0:0:1064:798_1920x0_80_0_0_d724ea366ea753cf68b8448fb6be83ae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, oltin narxi, bloomberg, ria novosti, ukrainada urush, oltin zaxiralari, markaziy bank, muzlatilgan aktivlar, suveren zaxiralar, jahon oltin bozori, troya unsiya, moliyaviy daromad, iqtisod
rossiya, oltin narxi, bloomberg, ria novosti, ukrainada urush, oltin zaxiralari, markaziy bank, muzlatilgan aktivlar, suveren zaxiralar, jahon oltin bozori, troya unsiya, moliyaviy daromad, iqtisod
Oltin narxi o‘sishi Rossiyaga Yevropada muzlatilgan aktivlar bilan teng foyda berdi
10:51 21.01.2026 (yangilandi: 10:52 21.01.2026) Jahon bozorida oltin qiymatining oshishi Rossiyaga katta moliyaviy foyda keltirib, Yevropada aktivlari muzlatilishi natijasidagi yo‘qotishlarning katta qismini qoplashga xizmat qildi.
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Rossiya maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon oltin narxining oshishi hisobidan 216 milliard dollar foyda oldi. Bu haqda "Bloomberg" ma’lumotlariga tayangan holda RIA Novosti
xabar berdi.
"Rossiya Ukrainada urush boshlanganidan beri oltin narxining keskin oshishidan katta foyda ko‘rdi, uning ko‘lami Yevropadagi muzlatilgan suveren zaxiralar bilan taqqoslanadigan darajaga yetdi", - deyiladi materialda.
Ta’kidlanishicha, Yevropada bloklangan qimmatli qog‘ozlar va pullardan farqli o‘laroq, oltin zarurat bo‘lsa hali ham sotilib, monetizatsiya qilinishi mumkin.
Avvalroq RIA Novosti Markaziy bank ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning oltin zaxiralari yil davomida qimmatlashish hisobiga rekord darajada — 130 milliard dollarga oshganini
xabar qilgan edi. Xususan, 2025-yil 1-yanvar holatiga zaxiralarda 195,7 milliard dollarlik, bir yil o‘tib esa 326,5 milliard dollarlik oltin quymalari saqlangan.
Bu davrda jahon oltin bozorida qiymat 1,7 barobarga o‘sib, bir troya unsiya narxi 2,6 ming dollardan 4,4 ming dollargacha ko‘tarildi. 2026-yil boshiga kelib, oltin Markaziy bank zaxiralarining 43,3 foizini tashkil etdi.
Shu bilan birga, valyuta aktivlari ulushi 3,6 foizga oshib, 428,3 milliard dollarga yetgan.