Mirziyoyev Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida qatnashish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana posetit Shveysariyu s rabochim vizitom
Prezident Uzbekistana posetit Shveysariyu s rabochim vizitom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2026
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun Shveysariyaga jo‘nab ketdi. U mazkur kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi
TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan Davos shahrida o‘tkaziladigan Tinchlik kengashi nizomini imzolash marosimida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Shveysariyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Tinchlik kengashi Amerika yetakchisining tashabbusi bilan tashkil etilmoqda. Avvalroq Shavkat Mirziyoyev mazkur kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklifini qabul qilgan edi.
Davlat rahbari AQSh prezidentiga yo‘llagan maktubida ushbu tashabbus Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik mojarolarni hal etish, shuningdek, keng mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholanayotganini ta’kidladi.
Prezident provel rasshirennoe soveshanie, posvashennoe uborke xlopka, podgotovke k zime, investitsiyam i eksportu, a takje proyektu Yashil makon. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
O‘zbekiston G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga ta’sischi sifatida qo‘shiladi—Mirziyoyev rozilik berdi
Yangiliklar lentasi
0