https://oz.sputniknews.uz/20260120/tashkent-mirziyoev-meloni-uchrashuv-55001818.html
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashib, iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
2026-01-20T09:16+0500
2026-01-20T09:16+0500
2026-01-20T13:04+0500
hamkorlik
toshkent
uchrashuv
tashqi siyosat
iqtisod
migratsiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55001121_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_38b9915e1e0da042c6f53172587e1b76.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 19-yanvar kuni Toshkent shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda to‘xtagan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.Italiya bilan hududlararo aloqalar, jumladan, Lombardiya viloyati bilan almashinuvlar izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston fuqarolarining tartibli mehnat migratsiyasi uchun kvotalar ajratilgani qayd etildi.Uchrashuvda O‘zbekiston–Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.Joriy yilda tashqi siyosat idoralari strategik muloqoti va hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, shuningdek, ikkinchi Rektorlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.Shuningdek, Italiyada O‘zbekiston, O‘zbekistonda esa Italiya kinosi kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning navbatdagi Venetsiya biyennalesida ishtirok etishi, shuningdek, joriy yilda Milanda amaliy san’at va muzey ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Jorja Melonini O‘zbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260115/xorijda-ish-yigilish-prezident-topshiriq-54838731.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/14/55001121_71:0:1210:854_1920x0_80_0_0_7409d0d348af782f757d93834e30f603.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, italiya, shavkat mirziyoyev, jorja meloni, toshkent, strategik sheriklik, mehnat migratsiyasi, lombardiya, to‘qimachilik sanoati, energetika, venetsiya biyennalesi, milan, madaniy hamkorlik, prezident matbuot xizmati
o‘zbekiston, italiya, shavkat mirziyoyev, jorja meloni, toshkent, strategik sheriklik, mehnat migratsiyasi, lombardiya, to‘qimachilik sanoati, energetika, venetsiya biyennalesi, milan, madaniy hamkorlik, prezident matbuot xizmati
Toshkentda Shavkat Mirziyoyev va Italiya bosh vaziri Jorja Meloni o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
09:16 20.01.2026 (yangilandi: 13:04 20.01.2026) Uchrashuvda yetakchilar savdo-iqtisodiy, madaniy va ta’lim sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. 19 yanvar kuni Toshkent shahrida prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtda to‘xtagan Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati
xabar berdi.
Italiya bilan hududlararo aloqalar, jumladan, Lombardiya viloyati bilan almashinuvlar izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston fuqarolarining tartibli mehnat migratsiyasi uchun kvotalar ajratilgani qayd etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston–Italiya strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Joriy yilda tashqi siyosat idoralari strategik muloqoti va hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, shuningdek, ikkinchi Rektorlar forumini o‘tkazish rejalashtirilgan.
To‘qimachilik sanoati, geologiya, energetika, kimyo, qurilish materiallari, moliya bozori va boshqa ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Italiyada O‘zbekiston, O‘zbekistonda esa Italiya kinosi kunlarini o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonning navbatdagi Venetsiya biyennalesida ishtirok etishi, shuningdek, joriy yilda Milanda amaliy san’at va muzey ko‘rgazmalarini o‘tkazish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Jorja Melonini O‘zbekistonga alohida tashrif bilan kelishga taklif qildi.