"Metan zapravka"lar faoliyati yana vaqtincha cheklandi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevZima v Tashkente
Zima v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2026
Obuna bo‘lish
Sovuq ob-havo sababli "metan zapravkalar" faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgani, shu cheklovlar tufayli birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmi oshirilayotgani ma’lum qilindi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Havo haroratining pasayishi tufayli ayrim hududlarda quvurlarda gaz bosimining pasayishi sabab avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aholi xonadonlari, tibbiyot va ta’lim muassasalarini tabiiy gaz bilan ta’minlash ustuvor vazifa hisoblanadi.
Jamoat transporti hamda ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi transport vositalari gaz bilan cheklovlarsiz ta’minlanadi.
Ma’lum qilinishicha, cheklovlar sababli O‘zbekneftgaz AJ birja savdolariga chiqarilayotgan kunlik avtobenzin hajmini talabga qarab yetarli darajada oshiradi.
Shuningdek, xususiy avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari egalaridan narxlarni sun’iy ravishda oshirmaslik, avtobenzinni sifat va miqdor jihatidan to‘g‘ri sotish so‘raldi.
Avtozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2026
"Metan zapravkalar" ish vaqtiga cheklovlar kiritildi: sabablari ochiqlandi
Yangiliklar lentasi
0