https://oz.sputniknews.uz/20260120/eaeu-indonesia-maqola-55005438.html
Erkin va bojsiz savdo: YeOII – Indoneziya mavzusida maqola chop etildi
Erkin va bojsiz savdo: YeOII – Indoneziya mavzusida maqola chop etildi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yil dekabrda Sankt-Peterburgda YeOII va Indoneziya o‘rtasida erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Kelishuv bojlarni bekor qilish orqali o‘zaro savdo hajmini oshirishga qaratilgan.
2026-01-20T11:48+0500
2026-01-20T11:48+0500
2026-01-20T14:38+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
rossiya
hamkorlik
bojxona boji
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52327748_0:119:2291:1408_1920x0_80_0_0_91eb07254e3a4438c7aa076060b41b63.jpg
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiyaning Indoneziyadagi elchisi Sergey Tolchenovning Bisnis Indonesia nashrida "YeOII–Indoneziya erkin savdo kelishuvi — o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mustahkam asos" sarlavhali maqolasi chop etildi.Maqolada qayd etilishicha, 2025-yil 21-dekabrda Sankt-Peterburg shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), unga a’zo davlatlar va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan.Ushbu hujjat Ittifoqning barcha ishtirokchilari uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, u siyosiy yetakchilar, iqtisodiy bloklar rahbarlari, hukumatlar hamda ishbilarmon doiralarning YeOII mamlakatlari va Indoneziya xalqlarining iqtisodiy o‘sishi hamda farovonligini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini aks ettirishi qayd etilgan.Ma’lum qilinishicha, 2022-yil dekabr oyida Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish bo‘yicha ishlar boshlangan. Uch yil davomida tomonlar keng qamrovli hujjatni shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan.Tarif va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, jumladan, Indoneziya tovarlarining 90,5 foizi, shuningdek, Rossiya va YeOIIga a’zo boshqa mamlakatlar tovar pozitsiyalarining 90 foizi bo‘yicha boj stavkalarini nollashtirish o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.Shuningdek, xalqaro savdo tizimidagi beqarorlik, ayrim davlatlar iqtisodiy siyosatining noaniqligi hamda "tarif tajovuzi" sharoitida YeOII va Indoneziya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘lishi, tashqi savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish va global shoklarga qaramlikni kamaytirish imkonini berishi ta’kidlangan.Maqolada ushbu kelishuv Rossiya–Indoneziya diplomatik munosabatlarining 75-yilligi ostida o‘tgan 2025-yilning muhim yakunlaridan biri ekani qayd etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251226/eoii-indoneziya-54488606.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/1d/52327748_128:0:2164:1527_1920x0_80_0_0_cd98b51f44a50ff000d1a7fd1ab284c4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, indoneziya, rossiya, erkin savdo bitimi, tashqi savdo, bojxona tariflari, tovar ayirboshlash, iqtisodiy hamkorlik, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, indoneziya, rossiya
yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, indoneziya, rossiya, erkin savdo bitimi, tashqi savdo, bojxona tariflari, tovar ayirboshlash, iqtisodiy hamkorlik, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, indoneziya, rossiya
Erkin va bojsiz savdo: YeOII – Indoneziya mavzusida maqola chop etildi
11:48 20.01.2026 (yangilandi: 14:38 20.01.2026) Ta’kidlanishicha, YeOII va Indoneziya o‘rtasida imzolangan erkin savdo bitimi o‘zaro manfaatli iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos yaratadi
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiyaning Indoneziyadagi elchisi Sergey Tolchenovning Bisnis Indonesia nashrida "YeOII–Indoneziya erkin savdo kelishuvi — o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun mustahkam asos" sarlavhali maqolasi
chop etildi.
Maqolada qayd etilishicha, 2025-yil 21-dekabrda Sankt-Peterburg shahrida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII), unga a’zo davlatlar va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim imzolangan.
Ushbu hujjat Ittifoqning barcha ishtirokchilari uchun muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlanib, u siyosiy yetakchilar, iqtisodiy bloklar rahbarlari, hukumatlar hamda ishbilarmon doiralarning YeOII mamlakatlari va Indoneziya xalqlarining iqtisodiy o‘sishi hamda farovonligini oshirishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan intilishini aks ettirishi qayd etilgan.
Maqolada YeOII faoliyati doimo a’zo davlatlar — Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston — o‘rtasida o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslanishi ta’kidlangan.
Ma’lum qilinishicha, 2022-yil dekabr oyida Indoneziya bilan erkin savdo to‘g‘risidagi kelishuvni tuzish bo‘yicha ishlar boshlangan. Uch yil davomida tomonlar keng qamrovli hujjatni shakllantirishga muvaffaq bo‘lgan.
Tarif va texnik to‘siqlarni bartaraf etish, jumladan, Indoneziya tovarlarining 90,5 foizi, shuningdek, Rossiya va YeOIIga a’zo boshqa mamlakatlar tovar pozitsiyalarining 90 foizi bo‘yicha boj stavkalarini nollashtirish o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirishga qo‘shimcha turtki berishi kutilmoqda.
Shuningdek, xalqaro savdo tizimidagi beqarorlik, ayrim davlatlar iqtisodiy siyosatining noaniqligi hamda "tarif tajovuzi" sharoitida YeOII va Indoneziya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish barcha ishtirokchilar uchun foydali bo‘lishi, tashqi savdo aloqalarini diversifikatsiya qilish va global shoklarga qaramlikni kamaytirish imkonini berishi ta’kidlangan.
Maqolada ushbu kelishuv Rossiya–Indoneziya diplomatik munosabatlarining 75-yilligi ostida o‘tgan 2025-yilning muhim yakunlaridan biri ekani qayd etilgan.