O‘zbekiston G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga ta’sischi sifatida qo‘shiladi—Mirziyoyev rozilik berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident provel rasshirennoe soveshanie, posvashennoe uborke xlopka, podgotovke k zime, investitsiyam i eksportu, a takje proyektu "Yashil makon".
Prezident provel rasshirennoe soveshanie, posvashennoe uborke xlopka, podgotovke k zime, investitsiyam i eksportu, a takje proyektu Yashil makon. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlashga qaratilgan xalqaro tashabbus doirasida G‘azo bo‘yicha Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga roziligini bildirdi
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Yaqin Sharqda tinchlikni mustahkamlash va mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklifga rozilik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur taklif Donald Tramp tomonidan yuborilgan. Tashabbus 2025-yil 29-sentabrda e’lon qilingan bo‘lib, jahon yetakchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va BMT Xavfsizlik Kengashining 2025-yil 17-noyabrda qabul qilingan 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan G‘azodagi mojaroni tugatishga qaratilgan kompleks rejaga asoslanadi.
Tashabbus doirasida uzoq muddatli tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida davlatlarni birlashtiruvchi yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashini tashkil etish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonga ushbu kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etildi. Davlat rahbari javob maktubida O‘zbekistonning Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyor ekanini tasdiqlab, ushbu tashabbusni Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik nizolarni hal etish hamda mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi.
Prezident RF Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2026
Putin G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga taklif oldi
Yangiliklar lentasi
0