https://oz.sputniknews.uz/20260119/putin-gaza-tinchlik-kengash-taklif-54945632.html
Putin G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga taklif oldi
Putin G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga taklif oldi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin G‘azo bo‘yicha tuzilayotgan “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifini oldi. Kreml taklif tafsilotlarini o‘rganmoqda. AQSh rejasi va BMTdagi ovoz berish tafsilotlari.
2026-01-19T14:59+0500
2026-01-19T14:59+0500
2026-01-19T14:59+0500
vladimir putin
rossiya tiv
donald tramp
dunyo yangiliklari
dunyoda
dmitriy peskov
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1b/54497086_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_5eef4f20be3105c37eac2e2033c5c428.jpg
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Vladimir Putin G‘azo bo‘yicha tuzilayotgan “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifini oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.Avvalroq Donald Tramp G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qilgan va uning a’zolari tarkibini tez orada ochiqlashini aytgan edi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, kengash tarkibiga AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, sarmoyador Jared Kushner, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, Jahon banki rahbari Ajay Banga hamda AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Robert Gebriel kirgan.2025 yil noyabr oyi o‘rtalarida BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh tomonidan taklif etilgan va Trampning G‘azo sektoridagi vaziyatni hal etishga qaratilgan keng qamrovli rejasini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. 15 a’zodan 13 tasi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va Xitoy esa betaraf qoldi.AQSh rejasida G‘azo sektorini vaqtinchalik xalqaro boshqarish, shuningdek, Tramp raisligida “Tinchlik kengashi”ni tuzish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Isroil va Misr bilan muvofiqlashtirilgan holda joylashtirilishi kerak bo‘lgan xalqaro barqarorlashtirish kuchlariga keng mandat berish taklif qilingan. Biroq tinchlikparvar kuchlar tarkibi hozircha ochiqlanmagan.Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa Isroil va HAMAS tomonidan reja shartlari buzilayotgani haqidagi bayonotlarni hisobga olgan holda, ushbu tinchlik tashabbusining keyingi amalga oshirilishi so‘roq ostida qolayotganini ta’kidladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260119/trump-toqaev-gaza-kengash-taklif-54915904.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/0c/1b/54497086_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_31bb05ca5bb0c14a46dae7ef062caf1b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin, rossiya, g‘azo, tinchlik kengashi, donald tramp, kreml, dmitriy peskov, aqsh rejasi, bmt xavfsizlik kengashi, isroil g‘azo, xamas, xalqaro tinchlik rejasi, reuters, oq uy
putin, rossiya, g‘azo, tinchlik kengashi, donald tramp, kreml, dmitriy peskov, aqsh rejasi, bmt xavfsizlik kengashi, isroil g‘azo, xamas, xalqaro tinchlik rejasi, reuters, oq uy
Putin G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi”ga taklif oldi
Rossiya prezidenti G‘azo bo‘yicha tuzilayotgan “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifini oldi va hozirda uning barcha tafsilotlari o‘rganilmoqda
TOShKENT, 19 yanv — Sputnik. Vladimir Putin G‘azo bo‘yicha tuzilayotgan “Tinchlik kengashi”ga a’zo bo‘lish taklifini oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov
ma’lum qildi.
“Ha, haqiqatan ham, prezident Putin diplomatik kanallar orqali Tinchlik kengashi tarkibiga qo‘shilish taklifini oldi. Hozirda biz ushbu taklifning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqdamiz. Shuningdek, barcha nozik jihatlarni aniqlashtirish uchun Amerika tomoni bilan aloqa o‘rnatishga umid qilamiz,” — dedi Peskov jurnalistlarga.
Avvalroq Donald Tramp G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qilgan va uning a’zolari tarkibini tez orada ochiqlashini aytgan edi. Oq uy ma’lumotiga ko‘ra, kengash tarkibiga AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff, sarmoyador Jared Kushner, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler, Jahon banki rahbari Ajay Banga hamda AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Robert Gebriel kirgan.
2025 yil noyabr oyi o‘rtalarida BMT Xavfsizlik Kengashi AQSh tomonidan taklif etilgan va Trampning G‘azo sektoridagi vaziyatni hal etishga qaratilgan keng qamrovli rejasini qo‘llab-quvvatlovchi rezolyutsiyani ma’qulladi. 15 a’zodan 13 tasi rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, Rossiya va Xitoy esa betaraf qoldi.
AQSh rejasida G‘azo sektorini vaqtinchalik xalqaro boshqarish, shuningdek, Tramp raisligida “Tinchlik kengashi”ni tuzish ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Isroil va Misr bilan muvofiqlashtirilgan holda joylashtirilishi kerak bo‘lgan xalqaro barqarorlashtirish kuchlariga keng mandat berish taklif qilingan. Biroq tinchlikparvar kuchlar tarkibi hozircha ochiqlanmagan.
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov esa Isroil va HAMAS tomonidan reja shartlari buzilayotgani haqidagi bayonotlarni hisobga olgan holda, ushbu tinchlik tashabbusining keyingi amalga oshirilishi so‘roq ostida qolayotganini ta’kidladi.