O‘zbekiston tennischilari Avstraliya ochiq chempionatida: ilk g‘alaba va kuchli raqib

© Press-slujba NOK UzbekistanaUzbekistanskaya tennisistka Kudermetova nachala Otkritiy chempionat Avstralii s pobedi
Uzbekistanskaya tennisistka Kudermetova nachala Otkritiy chempionat Avstralii s pobedi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari “Katta shlem” turnirida ishtirokni muvaffaqiyatli boshladi, navbatda esa dunyoning eng kuchli tennischilaridan biriga qarshi bahs kutilmoqda
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Polina Kudermetova asosiy bosqichning birinchi davrasida ispaniyalik raqibasi De Realesni ikki setda — 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kamilla Rahimova dunyoning uchinchi raqamli tennischisi, amerikalik Kori Gauffga qarshi kortga chiqadi. Ular 2025-yil 26-sentabr kuni Xitoy poytaxti Pekin shahrida uchrashgan bo‘lib, o‘shanda Rahimova 6:4, 6:0 hisobida ikki setda mag‘lub bo‘lgan edi.
Polina Kudermetova va Kamilla Rahimova avval Rossiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan, keyinchalik esa O‘zbekiston nomidan xalqaro musobaqalarda ishtirok etishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, Avstraliya ochiq chempionati tennisdagi to‘rtta “Katta shlem” turniridan biri bo‘lib, har yili Avstraliyaning Melburn shahrida o‘tkaziladi va dunyoning eng kuchli tennischilarini jamlaydi.
Tennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Avstraliya ochiq chempionati: O‘zbekiston tennischilari uchun ilk raqiblar aniqlandi
Yangiliklar lentasi
0