Changalzor qonuniga qarshi turishimiz kerak:O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari suhbat o‘tkazdi

© Sputnik / Baxrom XatamovUzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo
Uzbekistan i Kitay xotat razvivat mejregionalnoe sotrudnichestvo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
Obuna bo‘lish
Xitoy TIV bayonotida urush soyasi paydo bo‘layotgani, “bezorilik” kuchayib borayotgani va ikki davlat kuchlilar kuchsizlarni o‘lja qiladigan “changalzor qonuni”ga qarshi turishi kerakligi qayd etilgan
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy burosi a’zosi - tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon muloqoti o‘tkazdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram kanali orqali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, suhbat davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, shuningdek, mintaqaviy hamda xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashilgan.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi e’lon qilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, Van I ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiyot va savdo, madaniyat hamda submilliy darajadagi almashinuvlar sohalarida hamkorlik barqaror sur’atlarda kengayib borayotganini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, Van I 2026-yil boshidan buyon xalqaro vaziyat tobora notinch tus olayotganini, urush soyasi paydo bo‘layotgani, ayrim holatlarda bir tomonlama bezorilik kuchayib borayotganini qayd etgan. Uning ta’kidlashicha, bunday sharoitda Xitoy va O‘zbekiston strategik muvofiqlashtirishni kuchaytirishi va strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirishi zarur.
Bayonotda aytilishicha, ikki tomon o‘z ishlarini puxta yo‘lga qo‘yish, asosiy manfaatlarni himoya qilishda bir-birini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, turli sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratishi lozim.
Shuningdek, Xitoy TIV bayonotida tomonlar xalqaro va mintaqaviy masalalarda yaqin hamkorlik qilishi, kuchlilar kuchsizlarni o‘lja qiladigan “changalzor qonuni”ga qarshi turishi, xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi asosiy meyorlarni qo‘llab-quvvatlashi, BMTning yetakchi rolini himoya qilishi, xalqaro adolatni ta’minlash hamda mintaqaviy tinchlik va barqarorlikni saqlash muhim ekani ta’kidlangan.
Van I joriy yilda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklik o‘rnatilganining 10-yilligi nishonlanishini eslatib, tomonlar yaqin o‘n yillikda ikki tomonlama munosabatlarni birgalikda loyihalashtirish va izchil rivojlantirishlari kerakligini bildirgan.
Prezident RF V. Putin vstretilsya s chlenom Politburo SK KPK Van I - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2025
Van I: Xitoy Markaziy Osiyo bilan “yagona taqdirli hamjamiyat”ni shakllantirish niyatida
Yangiliklar lentasi
0