Shantaj, xato, qashshoqlik ehtimoli — Yevropa rasmiylari Tramp “Grenlandiya” bojlariga fikrlari

© AP Photo / Christian Pondella / Red Bull Pogrujenie pod poverxnost lda s selyu issledovaniya ledanoy shapki Grenlandii
Pogrujenie pod poverxnost lda s selyu issledovaniya ledanoy shapki Grenlandii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2026
Obuna bo‘lish
Yevropa davlatlari va ekspertlar AQShning yangi tarif qarorini keskin tanqid qilib, uni shantaj va transatlantik munosabatlarga tahdid sifatida baholamoqda.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. AQSh 1-fevraldan boshlab Grenlandiya atrofidagi vaziyat tufayli Daniya, Norvegiya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya, Britaniya, Niderlandiya va Finlyandiyaning barcha tovarlariga 10 foizlik bojxona to‘lovlarini joriy qiladi. Bu haqda shanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 1-iyundan boshlab ushbu tarif stavkasi 25 foizgacha oshiriladi va Qo‘shma Shtatlar tomonidan Grenlandiyani sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishilgunga qadar amal qiladi.
Quyida YeI va Yevropa davlatlari rasmiylari hamda ayrim ekspertlarning ushbu qarorga nisbatan ijtimoiy tarmoqlar hamda OAV orqali bildirgan fikrlari keltiriladi:
“Biz o‘zimizni shantaj qilishga yo‘l qo‘ymaymiz… bu YeI masalasi bo‘lib, hozir alohida olingan mamlakatlarga qaraganda ancha ko‘proq davlatlarga ta’sir qiladi.”— Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson
“Faqat Daniya va Grenlandiya o‘zlariga tegishli masalalarni hal qilish huquqiga ega. Men har doim o‘z mamlakatim va ittifoqchi qo‘shnilarimizni himoya qilaman.”— Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson
“…hududiy yaxlitlik va (Daniya — tahr.) suvereniteti hech qanday holatda shantaj qilinishi mumkin emas.”— Belgiya tashqi ishlar vaziri Maksim Prevo
“Tariflarni joriy etish bilan bog‘liq tahdidlarni qabul qilib bo‘lmaydi va bu kontekstda ularga o‘rin yo‘q. Agar ular tasdiqlansa, yevropaliklar bir ovozdan va muvofiqlashtirilgan holda javob berishadi. Biz Yevropa suverenitetini himoya qilamiz.”— Fransiya prezidenti Emmanuel Makron
“Bojlar Yevropa va AQShning qashshoqlashishiga olib kelishi hamda umumiy farovonligimizga putur yetkazishi mumkin.”— YeI diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas
“AQShning Grenlandiya tufayli YeI mamlakatlariga nisbatan tariflar joriy etishi transatlantik munosabatlarga putur yetkazadi va ularning yanada yomonlashishi xavfini kuchaytiradi.”— Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen
“Tariflar Atlantika munosabatlariga putur yetkazadi va yomonlashuv spirali boshlanishi bilan tahdid qiladi. Yevropa yagona, muvofiqlashtirilgan va o‘z suverenitetini himoya qilishga sodiq qoladi.”— Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevrokengash rahbari Antonio Koshta
“Amerika askarlari nihoyat Germaniyadan olib chiqilishi kerak. Shu bilan birga, Amerikaning Buxeldagi atom bombalari ham (olib tashlanishi kerak — tahr.)…”
— Germaniyadagi “Sara Vagenknext ittifoqi — aql va adolat uchun” (SSV) partiyasi eksperti Sevim Dagdelen
“AQShga ko‘r-ko‘rona ergashishni va ‘dadajoni’ Trampga yoqishga urinishni bas qiling. Trampning tahdidlari va shantajlari qabul qilinishi mumkin emas, shuningdek, u tomonidan xalqaro huquqning ko‘plab buzilishlari ham bor.” — Niderlandiya Sotsialistik partiyasi (SP) parlamentariysi Sara Dobbe
“…Bu Amerika—Evropa savdo munosabatlarining yangi quyi nuqtasi…” — Germaniya ulgurji va tashqi savdo federatsiyasi rahbari Dirk Yandura
“Yangi Amerika bojlari Germaniyaning AQShga eksportini 5–10 foizga kamaytirishi va yiliga 8–15 milliard yevro yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.” — Bild gazetasi
Shuningdek, Yevroparlamentdagi yetakchi fraksiya — “Yashillar” partiyasi Trampning Grenlandiya bo‘yicha bayonotidan so‘ng YeI—AQSh tarif kelishuvini qayta ko‘rib chiqishni talab qilish niyatida ekanini bildirdi.
“Psixologik sabablarga ko‘ra. Tramp shunchaki Grenlandiyaga egalik qilmoqchi. U ko‘chmas mulk savdogari. U mulkni sotib olishga o‘rgangan. U dunyoni shunday tushunadi.”
— AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton
“Senatdagi demokratlar bu bojlar Amerika iqtisodiyotiga va Yevropadagi ittifoqchilarimizga yanada ko‘proq zarar yetkazishidan oldin ularni to‘sib qo‘yishga qaratilgan qonun loyihasini taqdim etadi.” — AQSh Senatidagi demokratlar yetakchisi Chak Shumer
Bundan tashqari, AQSh Senati va Kongressining ayrim a’zolari ham Trampning ushbu qarorini xato deb baholamoqda.
Demonstransii v Danii v podderjku Grenlandii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2026
Daniyada AQShga qarshi ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda
Yangiliklar lentasi
0