Eron urushga tortilmaydi, lekin aybdorlarni jazolaydi - Xomanaiy

© AP Photo / Vahid SalemiNatsionalniy flag Irana nad Tegeranom.
Natsionalniy flag Irana nad Tegeranom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2026
Obuna bo‘lish
Tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan 2 minggacha bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Eron urushga tortilmaydi, lekin mamlakat ichida ham, tashqarida ham tartibsizliklar uchun javobgarlarni jazolashdan voz kechmaydi, deb e’lon qildi Eron Oliy rahbari Ali Xomanaiy.
"Biz mamlakatni urushga tortmamiz... lekin mamlakat ichidagi jinoyatchilarni jazosiz qoldirmaymiz. Ichki jinoyatchilardan ham battarroq xalqaro jinoyatchilardir. Biz ularni ham (jazosiz – tahr.) qoldirmaymiz", deb yozmoqda Oliy rahbarning rasmiy telegram kanali.
Oldinroq Xomanaiy tartibsizliklar vaqtida mamlakatga yetkazilgan zarar va qurbonlar uchun AQSh prezidenti Donald Trampni ayblagan edi.

Rossiyaning Erondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida Eronda 50dan ortiq masjidga, 180ta tez yordam mashinasiga o‘t qo‘yilgan.

Qurbonlar soni hozircha rasman e’lon qilinmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ular 500dan 2 mingtagacha bo‘lishi mumkin. Qurbonlar orasida kamida 100 nafar huquqni saqlash organlari xodimlari ham bor.
Gossekretar SShA Marko Rubio, kommentiruya protesti v Irane, v xode kotorix demonstranti zabrasivayut kamnyami sili bezopasnosti i podjigayut zdaniya, banki, mecheti i avtomobili, zayavil: - Sputnik O‘zbekiston
Erondagi tartibsizliklar

2025 yil dekabr oyi oxirida rialining qadrsizlanishi tufayli boshlangan norozilik namoyishlarida, keyinchalik siyosiy tizimga qarshi tartibsizliklarga aylanib ketdi.

8 yanvar kuni Tehron va boshqa shaharlarda namoyishchilar tez yordam mashinalari va shahar avtobuslari, metro bekatlari, masjidlar, banklar va do‘konlarni vayron qildi. 100dan ortiq politsiya xodimi qurbon bo‘ldi.

Eron rahbariyati ushbu voqealarning siyosiy tomonga burilishida Isroil va AQShni aybladi.

Rasmiy manbaalarga ko‘ra, tartibsizliklar qurbonlari soni 500dan oshgan, ularning aniq soni tergov tugaganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Tartibsizliklar uyushtirishda ayblanib uch ming kishi qo‘lga olingan, ularning turar joylaridan qurol-aslaha topilgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0