Eronda tartibsizliklardan so‘ng uch ming kishi hibsga olindi

© RIA Novosti / Anton BistrovVid na Tegeran, Iran. Arxivnoe foto
Vid na Tegeran, Iran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2026
Obuna bo‘lish
Eron rahbariyati tartibsizliklarda qo‘lga olinganlarni qatl qilmaslikka va’da berdi.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Xavfsizlik kuchlari Eronda uch ming namoyishchini hibsga oldi, deb xabar qilmoqda Eronning Tasnim agentligi.
"Xavfsizlik xodimlari hozirgacha terroristik guruhlarning 3000 a’zosi, shuningdek, yaqinda sodir bo‘lgan tartibsizliklarga aloqador shaxslar hibsga olinganini e’lon qilishdi", deb xabar berdi agentlik.
Bir kun oldin Eron Mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda namoyishchilar sodir etgan har bir jinoyati uchun pul olganligini ta’kidlagan edi: qotillik uchun taxminan 3500 dollar, mashinaga o‘t qo‘yish uchun 1500 dollar mayda bezoriliklar uchun 100 dallardan.
Erondagi diplomatik manba RIA Novosti agentligiga tartibsizlik paytida halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi "agentlar" tomonidan orqa tomondan otib o‘ldirilganini ma’lum qildi.

Rasmiylar norozilik namoyishlarini Isroil va AQSh bilan 12 kunlik urushning davomi deb hisoblashadi. Tehron barcha provokatsiya holatlarini tekshiradi.

Erondagi notinchliklar

O‘tgan yilning oxirida Islom Respublikasida Eron rialining qadrsizlanishi tufayli norozilik namoyishlari boshlandi, bu ulgurji va chakana narxlarga ta’sir qildi va valyuta kursining keskin o‘zgarishiga olib keldi.
8 yanvardan beri namoyishlar keng tarqaldi. Buni 1979-yilda ag‘darilgan Eron shohining o‘g‘li Rizo Pahlaviy qo‘zg‘atdi. U umumiy ish tashlash va strategik muhim ko‘chalar va inshootlarni egallashga chaqirdi va Trampdan aralashishni so‘radi.
Ba’zi shaharlarda mitinglar xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlarga aylanib, siyosiy tizimga qarshi shiorlar bilan birga o‘tdi. Ikkala tomondan ham qurbonlar borligi haqida xabar berilgan. Payshanba kuni Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi mamlakatdagi tartibsizliklar to‘xtaganini e’lon qildi.
Prezident Masud Pezeshkian iqtisodiy islohotlarni davom ettirishga va yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga va’da berdi, norozilik namoyishlarini tashkil qilishda AQSh va Isroilni aybladi. U eronliklarni radikallarning haqiqiy talablarini o‘rnini bosishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘chalarga chiqishga chaqirdi.
Yangiliklar lentasi
0