https://oz.sputniknews.uz/20260115/tashkent-kochalar-harakat-ozgarish-54825611.html
Tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti: Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat o‘zgaradi
Tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti: Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat o‘zgaradi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar hokimligi ma’lum qilishicha, transport harakatini optimallashtirish bo‘yicha bir qator manzillarda o‘rganish ishlari olib borildi. Ayrim ko‘chalarda jamoat transporti va harakat sxemalari o‘zgartiriladi.
2026-01-15T15:39+0500
2026-01-15T15:39+0500
2026-01-15T15:39+0500
jamiyat
o‘zbekiston
hokimiyat
yo‘l
yo‘l harakati qoidalari (yhq)
poytaxt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54828816_54:154:1256:830_1920x0_80_0_0_17e3070c3947247221056528e7074301.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda yo‘l harakatini samarali tashkil etish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida qator manzillarda o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, ishlar Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev boshchiligida amalga oshirilgan.Hususan, Zargar va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasida joylashgan “Paxtakor” transport o‘tish bog‘lamasida jamoat transporti, xususan avtobuslarning bog‘lamaga kirishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Natijada jamoat transport yo‘nalishlari soni 11 taga yetkazilishi kutilmoqda.Shuningdek, Abdulla Qodiriy – Abay hamda Sharof Rashidov – Osiyo ko‘chalari kesishmalarida ham tahlil ishlari olib borildi.Bundan tashqari, Ziyolilar va Kichik halqa yo‘li kesishmasida, shuningdek Abdulla Qodiriy – Mahtumquli ko‘chalarida harakatni optimallashtirish va yo‘l belgilarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.Avliyo ota va Fidokor ko‘chalarida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida transport vositalari uchun bir tomonlama harakat tizimini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.Shu bilan birga, Seoul Mun atrofida transport harakatini tartibga solish, jumladan yo‘l bo‘yi turargohlar (parkovkalar)ni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20251205/tashkent-transport-parkovkalar-53971390.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54828816_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_fd7744247d12aa36f0420e1cf5b39277.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
toshkent, toshkent shahar hokimligi, yo‘l harakati, tirbandliklar, transport infratuzilmasi, jamoat transporti, avtobus yo‘nalishlari, harakatni optimallashtirish, yo‘l belgilarini takomillashtirish, bir tomonlama harakat, shahar transporti, transport tahlili
toshkent, toshkent shahar hokimligi, yo‘l harakati, tirbandliklar, transport infratuzilmasi, jamoat transporti, avtobus yo‘nalishlari, harakatni optimallashtirish, yo‘l belgilarini takomillashtirish, bir tomonlama harakat, shahar transporti, transport tahlili
Tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti: Toshkentda ayrim ko‘chalarda harakat o‘zgaradi
Toshkent shahrida, transport harakatini optimallashtirish bo‘yicha bir qator manzillarda o‘rganish ishlari olib borildi. Ayrim ko‘chalarda jamoat transporti va harakat sxemalari o‘zgartiriladi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Toshkentda yo‘l harakatini samarali tashkil etish va tirbandliklarni kamaytirish maqsadida qator manzillarda o‘rganish va tahlil ishlari o‘tkazildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ishlar Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurahmon Baxtiyev boshchiligida amalga oshirilgan.
Hususan, Zargar va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasida joylashgan “Paxtakor” transport o‘tish bog‘lamasida jamoat transporti, xususan avtobuslarning bog‘lamaga kirishi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi. Natijada jamoat transport yo‘nalishlari soni 11 taga yetkazilishi kutilmoqda.
Shuningdek, Abdulla Qodiriy – Abay hamda Sharof Rashidov – Osiyo ko‘chalari kesishmalarida ham tahlil ishlari olib borildi.
Bundan tashqari, Ziyolilar va Kichik halqa yo‘li kesishmasida, shuningdek Abdulla Qodiriy – Mahtumquli ko‘chalarida harakatni optimallashtirish va yo‘l belgilarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.
Avliyo ota va Fidokor ko‘chalarida tirbandliklarni kamaytirish maqsadida transport vositalari uchun bir tomonlama harakat tizimini joriy etish masalasi ham muhokama qilindi.
Shu bilan birga, Seoul Mun atrofida transport harakatini tartibga solish, jumladan yo‘l bo‘yi turargohlar (parkovkalar)ni tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.