https://oz.sputniknews.uz/20260115/omsk-kompaniya-bukhara-loyiha-54832734.html
Omsk kompaniyasi Buxoroda issiqlik ta’minoti bo‘yicha yangi loyihani boshlaydi
Omsk kompaniyasi Buxoroda issiqlik ta’minoti bo‘yicha yangi loyihani boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Omsk innovatsion texnologiyalar zavodi Buxoroda muhandislik markazi ochishni rejalashtirmoqda. Loyiha issiqlik ta’minoti sohasida kadrlar tayyorlash va innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan.
2026-01-15T18:19+0500
2026-01-15T18:19+0500
2026-01-15T18:19+0500
rossiya
ta’lim
otm
o‘zbekiston
raqamli texnologiyalar
texnikum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54831592_0:255:2732:1792_1920x0_80_0_0_883be03715a7e3d52a959c76389d69c2.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Omsk innovatsion texnologiyalar zavodi (OmZIT) Buxoroda issiqlik ta’minoti sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati xabar berdi.Ular viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuvda muhandislik markazini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash, energetika strategiyasi doirasida ta’lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida qozonlarni boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.Mehmonlar Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro shahar 1-son texnikumi va “Buxoroenergomarkaz” AJ faoliyati bilan tanishdi.Yakunda OmZIT, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro davlat texnika universiteti hamda Buxoro shahar 1-son texnikumi o‘rtasida issiqlik ta’minoti sohasida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan muhandislik markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.Ma’lumotga ko‘ra, 1997-yilda tashkil etilgan, “Lavart” brendi ostida sanoat qozonlari va isitish tizimlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxona yuqori energosamarador texnologiyalar asosida faoliyat yuritadi. Zavodda robotlashtirilgan liniyalar, lazer kesish va avtomatik nazorat tizimlari joriy etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251221/uzbekistan-rostov-tadbirkorlar-loyihalar-54351601.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/01/0f/54831592_1:0:2732:2048_1920x0_80_0_0_ed3e6825d654a23bcc05a85a493743a8.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, buxoro, omsk innovatsion texnologiyalar zavodi, omzit, issiqlik ta’minoti, muhandislik markazi, energetika, kadrlar tayyorlash, lavart brendi, sanoat qozonlari, sun’iy intellekt, buxoro davlat texnika universiteti, buxoroenergomarkaz, energetika strategiyasi
o‘zbekiston, buxoro, omsk innovatsion texnologiyalar zavodi, omzit, issiqlik ta’minoti, muhandislik markazi, energetika, kadrlar tayyorlash, lavart brendi, sanoat qozonlari, sun’iy intellekt, buxoro davlat texnika universiteti, buxoroenergomarkaz, energetika strategiyasi
Omsk kompaniyasi Buxoroda issiqlik ta’minoti bo‘yicha yangi loyihani boshlaydi
Buxoroda issiqlik ta’minotini rivojlantirishda hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha doirasida muhandislik markazi, innovatsion yechimlar va mahalliy ishlab chiqarish lokalizatsiyasi rejalashtirilgan
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Omsk innovatsion texnologiyalar zavodi (OmZIT) Buxoroda issiqlik ta’minoti sohasi uchun mutaxassislar tayyorlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati matbuot xizmati
xabar berdi.
OmZIT O‘zbekistonda, jumladan Buxoroda muhandislik markazi tashkil etish va ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish niyatida. Shu maqsadda zavod bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Baxta va “Energomash” ijrochi direktori Pavel Atramonov Buxoroda bo‘lib turibdi.
Ular viloyat hokimi Botir Zaripov bilan uchrashuvda muhandislik markazini tashkil etish, malakali kadrlar tayyorlash, energetika strategiyasi doirasida ta’lim sifatini oshirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, sun’iy intellekt asosida qozonlarni boshqarish tizimlarini modernizatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Mehmonlar Buxoro davlat texnika universiteti, Buxoro shahar 1-son texnikumi va “Buxoroenergomarkaz” AJ faoliyati bilan tanishdi.
Yakunda OmZIT, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro davlat texnika universiteti hamda Buxoro shahar 1-son texnikumi o‘rtasida issiqlik ta’minoti sohasida mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan muhandislik markazini tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Ma’lumotga ko‘ra, 1997-yilda tashkil etilgan, “Lavart” brendi ostida sanoat qozonlari va isitish tizimlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxona yuqori energosamarador texnologiyalar asosida faoliyat yuritadi. Zavodda robotlashtirilgan liniyalar, lazer kesish va avtomatik nazorat tizimlari joriy etilgan.