Migratsiya nazorati kuchayadi: Rossiyaning yirik aeroportlarida yangi tekshiruv punktlari ochildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovRabota lineynogo otdela transportnoy politsii aeroporta Vnukovo
Rabota lineynogo otdela transportnoy politsii aeroporta Vnukovo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyada yirik aeroportlar va temir yo‘l o‘tkazish punktlarida migratsiya nazorati kuchaytirildi. Yangidan ochilgan punktlarda yo‘lovchilar ma’lumotlari avtomatik tarzda tekshiriladi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Rossiyaning barcha federal okruglaridagi yirik aeroportlar hududida 17 ta, shuningdek, Astraxan viloyatidagi “Oqsaroy” temir yo‘l o‘tkazish punktida yana 1 ta migratsiya nazorati punkti ochildi. Bu haqda Rossiya IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu punktlarda zamonaviy maxsus uskunalar qo‘llaniladi. Bu yo‘lovchilar oqimini tekshirish jarayonini tezlashtirish va nazoratni samarali tashkil etish imkonini beradi.
Kelayotgan va ketayotgan yo‘lovchilar tomonidan sotib olingan chiptalar haqidagi ma’lumotlar avtomatik ravishda qayta ishlanadi.
Natijada politsiya xodimlari huquqbuzarlar to‘g‘risida to‘liq axborot, shuningdek, ularni ma’muriy javobgarlikka tortish yoki Rossiyaga kirishni cheklash uchun zarur bo‘lgan tayyor hujjatlar to‘plamini oladi.
Shuningdek, Rossiya IIV Migratsiya xizmati hamda Rossiya IIV Transport bosh boshqarmasining muvofiqlashtiruvchi roli ostida suv yo‘llari va avtomobil o‘tkazish punktlari yaqinida ham migratsiya nazorati punktlarini ochish rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Elektronnoe tablo s informatsiyey o kursax valyut v sentre Moskvi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Rossiyada muhojirlar pul o‘tkazishini cheklash qonuni rad etilishi mumkin — qo‘mita tavsiya berdi
Yangiliklar lentasi
0