https://oz.sputniknews.uz/20260115/bank-faoliyat-tugatilish-54831008.html
"Yangi bank" faoliyati tugatiladi — omonatchilarga mablag‘lar qaytariladi
"Yangi bank" faoliyati tugatiladi — omonatchilarga mablag‘lar qaytariladi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank qarori bilan “Yangi bank”ning litsenziyasi chaqirib olindi. Asosiy sabablar — ustav kapitali talabga javob bermagani va qonunchilik buzilishi.
2026-01-15T17:19+0500
2026-01-15T17:19+0500
2026-01-15T17:23+0500
markaziy bank
o‘zbekiston
jamiyat
bank
qoidabuzarlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766509_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_7420a0295f1d9b37920440ae3744ca35.jpg
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi qaroriga muvofiq “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olindi.Qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar samara bermagani, jumladan ustav kapitalining qonunchilikda belgilangan eng kam talabga yetkazilmagani sababli qabul qilindi.Bank faoliyatini belgilangan tartibda tugatish belgilanib, tugatish komissiyasi tayinlandi va unga tegishli vakolatlar berildi.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mavjud 32 526 nafar omonatchidan 32 153 nafariga kafolatlangan omonat mablag‘lari to‘liq qaytariladi. Qolgan 373 nafar omonatchi bo‘yicha mablag‘lar qonunchilikka muvofiq tugatish komissiyasi qarori asosida qaytariladi. Omonatlar bo‘yicha aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan e’lon qilinadi.Markaziy bank tomonidan ushbu holat yuzasidan bir necha bor yozma ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, yetarli amaliy choralar ko‘rilmagan. Ustav kapitali talabga mos kelmasligi, shuningdek ayrim moliyaviy operatsiyalarda belgilangan cheklovlarga rioya etilmagani jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanadi.Shu bilan birga, qonunchilikka ko‘ra, bankning ketma-ket uch chorak davomida regulyativ kapitalining 10 foizidan ortiq miqdorda zarar ko‘rishi yoki zarar hajmi regulyativ kapitalning 50 foizidan oshishi litsenziyani chaqirib olish uchun asos hisoblanadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251209/humans-tolovlar-toxtatilish-54043914.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24766509_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_1ceae5cc4381f1272eb67f62ce210d7f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, markaziy bank, yangi bank, bank litsenziyasi, bank faoliyatini tugatish, ustav kapitali, 500 milliard so‘m, omonatchilar, omonatlarni qaytarish, omonatlarni kafolatlash agentligi, moliyaviy nazorat, bank qoidabuzarligi, 2026-yil
o‘zbekiston, markaziy bank, yangi bank, bank litsenziyasi, bank faoliyatini tugatish, ustav kapitali, 500 milliard so‘m, omonatchilar, omonatlarni qaytarish, omonatlarni kafolatlash agentligi, moliyaviy nazorat, bank qoidabuzarligi, 2026-yil
"Yangi bank" faoliyati tugatiladi — omonatchilarga mablag‘lar qaytariladi
17:19 15.01.2026 (yangilandi: 17:23 15.01.2026) Markaziy bank 2026-yil 15-yanvarda “Yangi bank” AJ litsenziyasini chaqirib oldi. Ustav kapitali 500 mlrd so‘m talabiga yetkazilmagan, omonatchilar mablag‘lari qonunchilikka muvofiq qaytariladi
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 15-yanvardagi qaroriga muvofiq “Yangi bank” aksiyadorlik jamiyatining bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi
chaqirib olindi.
Qaror bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar samara bermagani, jumladan ustav kapitalining qonunchilikda belgilangan eng kam talabga yetkazilmagani sababli qabul qilindi.
Bank faoliyatini belgilangan tartibda tugatish belgilanib, tugatish komissiyasi tayinlandi va unga tegishli vakolatlar berildi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mavjud 32 526 nafar omonatchidan 32 153 nafariga kafolatlangan omonat mablag‘lari to‘liq qaytariladi. Qolgan 373 nafar omonatchi bo‘yicha mablag‘lar qonunchilikka muvofiq tugatish komissiyasi qarori asosida qaytariladi. Omonatlar bo‘yicha aniq hisob-kitoblar Omonatlarni kafolatlash agentligi tomonidan e’lon qilinadi.
Ma’lum qilinishicha, 2025-yil 1-yanvardan banklar ustav kapitalining eng kam miqdori 500 milliard so‘m etib belgilangan. Biroq, 2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, “Yangi bank” AJ ustav kapitali 355 milliard so‘mni tashkil etgan.
Markaziy bank tomonidan ushbu holat yuzasidan bir necha bor yozma ogohlantirishlar berilgan bo‘lsa-da, yetarli amaliy choralar ko‘rilmagan. Ustav kapitali talabga mos kelmasligi, shuningdek ayrim moliyaviy operatsiyalarda belgilangan cheklovlarga rioya etilmagani jiddiy qoidabuzarlik sifatida baholanadi.
Shu bilan birga, qonunchilikka ko‘ra, bankning ketma-ket uch chorak davomida regulyativ kapitalining 10 foizidan ortiq miqdorda zarar ko‘rishi yoki zarar hajmi regulyativ kapitalning 50 foizidan oshishi litsenziyani chaqirib olish uchun asos hisoblanadi.