Avstraliya ochiq chempionati: O‘zbekiston tennischilari uchun ilk raqiblar aniqlandi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichTennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020
Tennis. St. Petersburg Ladies Trophy 2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2026
Obuna bo‘lish
Avstraliya ochiq chempionatining asosiy davrasida O‘zbekiston tennischilari uchun birinchi bosqichdagi raqiblar aniqlandi. Kamilla Rahimova kuchli raqibga qarshi o‘ynaydi.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Tennis bo‘yicha joriy yilning ilk “Katta dubulg‘a” turniri — Avstraliya ochiq chempionatining asosiy davrasida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarining birinchi bosqichdagi raqiblari aniqlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kamilla Rahimova ilk uchrashuvda AQSh vakili, dunyoning uchinchi raqamli tennischisi Kori Gauffga qarshi kortga chiqadi.
Polina Kudermetova esa birinchi bosqichda Ispaniya tennischisi Guyomar De Reales bilan bahs olib boradi.
Uchrashuvlar 18-yanvar kuniga belgilangan.
Igri BRIKS. Tennis. Final - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2025
Rossiyalik tennischi Polina Kudermetova endi O‘zbekiston sharafini himoya qiladi
Yangiliklar lentasi
0