Xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berilgan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlandi

© pexels.com/Andrea PiacquadioPristegnutiy voditel
Pristegnutiy voditel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, ayrim kasallik va tibbiy holatlarga ega shaxslar xavfsizlik kamarini taqmasligi mumkin. Bu holatlar tibbiy ma’lumotnoma orqali rasman tasdiqlanadi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi**ning 2026-yil 13-yanvardagi yangi buyrug‘i bilan salomatligi sabab xavfsizlik kamarini taqish imkoni bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga jami 20 turdagi kasallik va tibbiy holatlar kiritilgan. Ular orasida quyidagilar bor:
o‘mrov, to‘sh suyagi, yelka kamari va qovurg‘alar sinishi;
chap o‘mrov suyagi chiqishi yoki unda o‘tkazilgan operatsiyalar;
umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari (IV bosqich);
bronxial astma (IV bosqich);
o‘pkaning interstitsial kasalliklari (fibroz va boshqalar);
o‘pkaning bir qismi yoki butunlay olib tashlangan holatlar (lobektomiya, pnevmonektomiya);
surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi;
og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari (o‘tkazilgan infarkt, ishemiya va boshqalar);
III darajali (morbid) semizlik (tananing massa indeksi 40 va undan yuqori);
past bo‘ylik (nanizm) 150 santimetrdan past;
qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;
ko‘krak qismida joylashgan og‘ir allergik yoki dermatologik kasalliklar (ekzema, psoriaz va boshqalar);
o‘mrov, ko‘krak, yelka, to‘sh suyagi yoki qovurg‘alarda ichki yoki tashqi implantlar mavjudligi;
ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq operatsiyalar;
stomalar mavjudligi;
ko‘krak qafasi sohasidagi yirik o‘smalar.
Qayd etilishicha, ushbu kasallik yoki holatlar tibbiyot muassasalari tomonidan rasmiy tasdiqlanadi. Fuqarolarga QR-kodli elektron tibbiy ma’lumotnoma beriladi.
Ma’lumotnomaning amal qilish muddati 1-yilni tashkil etadi.
Remen bezopasnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.11.2025
Xavfsizlik kamarini taqish mumkin bo‘lmagan kasalliklar ro‘yxati tasdiqlanadi
Yangiliklar lentasi
0