Jahon banki: 2026-yil O‘zbekiston eng tez o‘sayotgan iqtisodlar TOP-3ga kiradi- nima evaziga?

© Sputnik / StringerZdanie Vsemirnogo banka v Vashingtone
Zdanie Vsemirnogo banka v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Obuna bo‘lish
Jahon bozorida oltin narxlari balandligi, barqaror ichki talab, inflyatsiya pasayishi va investitsiya faolligining oshishi 2026-yilda Markaziy Osiyo iqtisodlarida yuqori o‘sishni ta’minlashi kutilmoqda
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 2026 yilda O‘zbekiston Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bir qatorda Yevropa va Markaziy Osiyo (YeMO) mintaqasidagi eng tez o‘suvchi rivojlanayotgan iqtisodiyotlar TOP-3 taligiga kiradi. Bu haqda Jahon banki hisobotida prognoz qilingan.
Mintaqada jami 22 ta rivojlanayotgan iqtisodiyot baholangan. Jahon banki hisobotida aytilishicha, 2026-yilda YeMO mintaqasida iqtisodiy o‘sish 2,4 foiz atrofida saqlanib qoladi. O‘sish barqaror ichki talab, inflyatsiyaning pasayishi, moliyaviy sharoitlarning yaxshilanishi, Yevropa Ittifoqi mablag‘larini o‘zlashtirish hamda mudofaa xarajatlarining oshishi hisobiga ta’minlanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston iqtisodiyoti jami 6,2 foizga o‘sgan, biroq 2026-yilda o‘sish sur’atlarining 5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.
Yuqori inflyatsiya fonida xususiy iste’molning susayishi, shuningdek, Rossiya iqtisodiyotidagi sekinlashuv eksport va pul o‘tkazmalari hajmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
© Vsemirniy bankV 2026 g. Uzbekistan voydet v top-3 samix bistrorastushix razvivayushixsya ekonomik v region
V 2026 g. Uzbekistan voydet v top-3 samix bistrorastushix razvivayushixsya ekonomik v region - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
V 2026 g. Uzbekistan voydet v top-3 samix bistrorastushix razvivayushixsya ekonomik v region
Hisobotda ta’kidlanishicha, Ukrainadagi mojaro, shuningdek, issiq to‘lqinlar va qurg‘oqchilik kabi ekstremal ob-havo hodisalari mintaqada iqtisodiy o‘sish uchun asosiy xatarlardan biri bo‘lib qolmoqda.
Shu bilan birga, mintaqaviy integratsiyaning chuqurlashuvi iqtisodiy o‘sishga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, YeI–Markaziy Osiyo strategik sherikligi, YeI–O‘zbekiston kengaytirilgan hamkorlik bitimi hamda AQSh–Markaziy Osiyo iqtisodiy hamkorligi bo‘yicha kelishuvlar ijobiy omil sifatida qayd etilgan.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2025
O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,6 foizga o‘sishi va YaIM 167 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda
Yangiliklar lentasi
0