Shavkat Mirziyoyev harbiylarni Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Obuna bo‘lish
Tabrikda milliy armiyaning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni, harbiy xizmatchilarga yaratilayotgan sharoitlar hamda geosiyosiy xavflar sharoitida mudofaa salohiyatini kuchaytirish vazifalariga e’tibor qaratildi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va butun xalqni tabrikladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.
Prezident o‘z murojaatida yurt posbonlariga yuksak hurmat va ehtirom bildirib, Vatan oldidagi burchini ado etish chog‘ida mardlarcha halok bo‘lgan qahramonlar xotirasiga chuqur ta’zim qildi.
Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida erishilayotgan yutuq va marralarda Qurolli Kuchlarning munosib hissasi borligi qayd etildi. Davlat rahbari Vatanga fidoyi harbiylar bilan xalq faxrlanishini ta’kidlab, ularning ota-onalari va oila a’zolariga minnatdorlik izhor etdi.
Tabrikda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida Qurolli Kuchlar qudratini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani, boshqaruv va ta’minot tizimi takomillashtirilib, modernizatsiya qilinayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, shaxsiy tarkib tayyorgarligi yuksaltirilib, qo‘shinlar zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlanayotgani qayd etildi.
Geosiyosiy vaziyatning murakkablashayotganini inobatga olgan holda, kelgusida jang va boshqaruv usullarini zamon talablari asosida yangilash, harbiy xizmatchilarning jangovar ruhi, jismoniy tayyorgarligi va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish ustuvor vazifa bo‘lib qolishi ta’kidlandi. Milliy armiyani zamonaviy qurol-yarog‘, jumladan, sun’iy intellekt asosida robotlashtirilgan majmualar bilan ta’minlash ham doimiy e’tibor markazida bo‘lishi qayd etildi.
Shavkat Mirziyoyev podpisivayet dokumenti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2026
Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari mukofotlandi
Yangiliklar lentasi
0