https://oz.sputniknews.uz/20260114/kazakhstan-eaeu-eksport-bitim-ratifikatsiya-54803190.html
Qozog‘iston YeOIIda eksport tovarlar kelib chiqishini nazorat qilish bitimini ratifikatsiya qildi
Qozog‘iston YeOIIda eksport tovarlar kelib chiqishini nazorat qilish bitimini ratifikatsiya qildi
Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston Majlisi **Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi**dan tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarning kelib chiqishini tasdiqlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilaydigan bitimni ratifikatsiya qildi. Hujjat 2023-yil 4-dekabrda imzolangan.
2026-01-14T18:34+0500
2026-01-14T18:34+0500
2026-01-14T18:34+0500
o‘zbekiston va yeoii
yeoii
qozog‘iston
bitim
eksport
rossiya
belarus
armaniston
qirg‘iziston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31830160_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_f4da52a4b044032847d0b0ee8e6517d1.jpg
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi — Majlis Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)dan tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash va tasdiqlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilaydigan bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Majlis matbuot xizmati xabar berdi.Ma’lum qilinishicha, mazkur bitim 2023-yil 4-dekabr kuni Moskvada imzolangan. Hujjat YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan eksportda tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlashga oid yondashuvlarni bir xillashtirish hamda yagona nazorat tartibini joriy etishga qaratilgan.Bu esa “kulrang reeksport” sxemalarining oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.YeOIIga beshta davlat - Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi. Birlashma yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251229/eaeu-mongolia-savdo-shartnoma-54540052.html
qozog‘iston
belarus
armaniston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/1e/31830160_169:0:2898:2047_1920x0_80_0_0_2eb843067e7fb3411de15f7206ab190a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qozog‘iston parlamenti, majlis, yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, eksport qoidalari, tovar kelib chiqishi, reeksport, kulrang reeksport, tashqi savdo, ratifikatsiya
qozog‘iston parlamenti, majlis, yeoii, yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, eksport qoidalari, tovar kelib chiqishi, reeksport, kulrang reeksport, tashqi savdo, ratifikatsiya
Qozog‘iston YeOIIda eksport tovarlar kelib chiqishini nazorat qilish bitimini ratifikatsiya qildi
Yangi kelishuv eksport qilinayotgan tovarlarning kelib chiqish mamlakatini aniq tasdiqlashni nazarda tutib, reeksportning “kulrang” sxemalariga chek qo‘yishni maqsad qiladi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi — Majlis Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)dan tashqariga olib chiqilayotgan tovarlarning kelib chiqishini aniqlash va tasdiqlash bo‘yicha yagona qoidalarni belgilaydigan bitimni ratifikatsiya qildi. Bu haqda Majlis matbuot xizmati
xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur bitim 2023-yil 4-dekabr kuni Moskvada imzolangan. Hujjat YeOIIga a’zo davlatlar tomonidan eksportda tovarlarning kelib chiqish mamlakatini tasdiqlashga oid yondashuvlarni bir xillashtirish hamda yagona nazorat tartibini joriy etishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, bitimning amalga oshirilishi Qozog‘iston tovarlarini Ittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlarga, ayniqsa, taqiq va cheklovlar joriy etilgan mahsulotlar bo‘yicha, YeOIIga a’zo boshqa mamlakatlar hududlari orqali olib chiqishni nazorat qilish imkonini beradi.
Bu esa “kulrang reeksport” sxemalarining oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.
YeOIIga beshta davlat - Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi. Birlashma yagona iqtisodiy makonni shakllantirish va davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida tashkil etilgan.