“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” badiiy ko‘rgazmasi - sara suratlar
“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” badiiy ko‘rgazmasi - sara suratlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tashabbusi bilan Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etildi. Ko‘rgazma 30-yanvargacha davom etadi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 1993-yil 29-dekabrda Respublika Oliy Kengashi qaroriga muvofiq 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligiga bag‘ishlangan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazma ekspozitsiyasida O‘zbekiston rassomlarining rangtasvir va grafika asarlari namoyish etilmoqda. Ularda buyuk sarkardalar — Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen hamda jadidlar harakati yetakchilari Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir singari vatandoshlarimizning mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhi badiiy ifodasini topgan.Ko‘rgazma tomoshabinlari uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ekspozitsiya orqali Vatanni asrash g‘oyasi — oddiy askardan tortib generalgacha, o‘qituvchidan ma’rifatparvargacha har bir insonning muqaddas burchi ekani yoritib berilgan.Shuningdek, ko‘rgazmada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi fondlaridan olingan qimmatli asarlar ham o‘rin olgan.Mazkur badiiy ko‘rgazma 2026-yil 30-yanvargacha davom etadi.
o‘zbekiston badiiy akademiyasi, badiiy ko‘rgazma, milliy armiya, vatan himoyachilari kuni, o‘zbekiston qurolli kuchlari, vatanparvarlik, tarixiy shaxslar, rangtasvir, grafika san’ati, amir temur, jaloliddin manguberdi, jadidlar, kamoliddin behzod muzeyi
o‘zbekiston badiiy akademiyasi, badiiy ko‘rgazma, milliy armiya, vatan himoyachilari kuni, o‘zbekiston qurolli kuchlari, vatanparvarlik, tarixiy shaxslar, rangtasvir, grafika san’ati, amir temur, jaloliddin manguberdi, jadidlar, kamoliddin behzod muzeyi
“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” badiiy ko‘rgazmasi - sara suratlar
Badiiy akademiya tashabbusi bilan Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 34-yilligi hamda 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. 1993 yil 29-dekabrda Respublika Oliy Kengashi qaroriga muvofiq 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni deb e’lon qilingan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligiga bag‘ishlangan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” nomli badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.
Ko‘rgazma ekspozitsiyasida O‘zbekiston rassomlarining rangtasvir va grafika asarlari namoyish etilmoqda. Ularda buyuk sarkardalar — Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Jaloliddin Manguberdi, Spitamen hamda jadidlar harakati yetakchilari Behbudiy, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir singari vatandoshlarimizning mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhi badiiy ifodasini topgan.
Ko‘rgazma tomoshabinlari uchun O‘zbekiston va Markaziy Osiyo tarixi bilan yaqindan tanishish imkoniyati yaratiladi. Ekspozitsiya orqali Vatanni asrash g‘oyasi — oddiy askardan tortib generalgacha, o‘qituvchidan ma’rifatparvargacha har bir insonning muqaddas burchi ekani yoritib berilgan.
Shuningdek, ko‘rgazmada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura san’ati muzeyi fondlaridan olingan qimmatli asarlar ham o‘rin olgan.