Toshkentda MAN avtobusi yonib ketdi

© Upravlenie po ChS g. TashkentaV Tashkente sgorel avtobus MAN
V Tashkente sgorel avtobus MAN - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent shahridagi 5-avtobus saroyi hududida MAN A22 CNG avtobusida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, sabablari o‘rganilmoqda
TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. 13 yanvar kuni soat taxminan 02:03 da Toshkent shahridagi “5-Avtobus saroyi” filiali hududida 2018-yilda ishlab chiqarilgan MAN A22 CNG rusumli avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, filial navbatchi xodimlari tomonidan soat 02:10 da 101 qisqa raqami orqali yong‘in haqida xabar berilgan. Favqulodda vaziyatlar xizmati o‘t o‘chirish bo‘linmasi soat 02:20 da hodisa joyiga yetib kelgan va yong‘in soat 02:40 da to‘liq bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, ushbu avtobusga biriktirilgan haydovchi navbatchi mexaniklar tekshiruvidan o‘tib, transport vositasini texnik soz holatda olib chiqqan. Avtobus yo‘nalishda qatnovlarni to‘liq bajarib, gaz quyish shaxobchasida yoqilg‘i quydirgandan so‘ng filial hududiga qaytarilgan va safga qo‘yilgan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda.
Shu bilan birga, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga ko‘ra, yong‘in haqidagi xabar ularga soat 02:16 da kelib tushgan. Ekipajlar manzilga soat 02:22 da yetib borib, yong‘in soat 02:32 da o‘chirilgan.
Skoraya pomosh nesotsya na vizov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.12.2025
Uch kishi vafot etdi, biri og‘ir ahvolda: Gulistondagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Yangiliklar lentasi
0